Orqaga

06.08.2022

Assotsiatsiyaning ekotizimi yaratilmoqda

10-avgust kuni ARASHAN ofisida O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi Marketing Xizmatlarini Rivojlantirish Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu tashabbusni muvaffaqiyatli amalga oshirish va yig'ilishni a'lo darajada tashkil etgani uchun Qo'mita raisi Shavkat Musinovga minnatdorchilik bildiramiz!

Qo'mita hozirda Assotsiatsiya ekotizimini yaratish bo'yicha juda dolzarb vazifa ustida ishlamoqda. Ushbu yo'nalishlardan biri marketing xizmatlarini ko'rsatuvchi O'zbekiston agentliklarining birinchi reyestrini yaratishdir.

Yig'ilish juda samarali va ijobiy o'tdi! Format barcha ishtirokchilar uchun foydali bo'ldi.

Ulashish