Orqaga

18.08.2025

O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi hamkorlari biznesni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun mukofotlarga sazovor bo'lishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot, biznes va fan rivojiga qoʻshgan ulkan yutuqlari va munosib hissasi uchun faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni quyidagilarga berildi:
Xashimov Zafar Kamilevich, Anglesey Food masʼuliyati cheklangan jamiyati Kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
Abdulloev Kamol Talatovich, Sam Antep Gilam masʼuliyati cheklangan jamiyati asoschisi, Samarqand shahri, Samarqand viloyati

“Doʻstlik” ordeni TBC Uzbekistan Ecosystems bosh direktori Nikoloz Kurdianiga topshirildi.

“Shuhrat” medali bilan Toshkentdagi Click masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Rustamov Ulugʻbek Shahzodovich taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Faol Tadbirkor" ko'krak nishoni bilan taqdirlash to'g'risida"gi Farmoni bilan quyidagilar taqdirlandi:

Abdullaev Farrux Xabibulla O'g'li, Bellissimo Pizza International mas'uliyati cheklangan jamiyati asoschisi. Xodjimatov Baxrom Vaxidovich, Namangan viloyati Chust tumani, Siberian Wellness-Namangan mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori.

O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi hamkorlarini munosib mukofotlari bilan tabriklaymiz va ularga yanada rivojlanish va farovonlik tilaymiz!

Manba

Ulashish