- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oʻzbekiston marketing assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
08.04.2024
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oʻzbekiston marketing assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O'zbekiston marketing assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi. Ushbu hamkorlikning maqsadi raqobatbardosh marketing mutaxassislarini tayyorlash, nazariya va amaliyot integratsiyasini yanada mustahkamlash hamda talabalarning maqsadli amaliyotini tashkil etishdir.
Shuningdek, "TOP-300"ga kiritilgan universitetlarning xalqaro tajribasini o'rganish asosida marketing mutaxassisligi bo'yicha malaka talablari, o'quv dasturlari va fan dasturlarini qayta ko'rib chiqish va professor-o'qituvchilar uchun assotsiatsiya hamkorlari bo'lgan kompaniyalarda amaliyot o'tashni tashkil etish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Muhokama Marketing Assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda mahorat darslarini tashkil etish, loyiha ishlarini olib borish, Karyera kuni tadbirlarida faol ishtirok etish, tadqiqot mavzular bankini ishlab chiqish va tadqiqotlar o'tkazishga qaratildi.
Uchrashuvda tomonlar marketingni rivojlantirish bo'yicha turli fikrlar almashishdi va uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumini imzoladilar.