- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- Reklama kommunikatsiyalarida "Yil brendi 2021" mukofotidan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
08.06.2022
Reklama kommunikatsiyalarida "Yil brendi 2021" mukofotidan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
Bu yilgi 5-"Yil brendi 2021" mukofoti g'oliblari o'zlarining mukofotlari va sertifikatlaridan reklama kommunikatsiyalarida faol foydalanayotganlaridan xursandmiz.
Brendlarga yordam berish va mukofotning tegishli ravishda tilga olinishini ta'minlash uchun O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo'mitasi bilan birgalikda "Yil brendi 2021" mukofotidan reklama kommunikatsiyalarida foydalanish bo'yicha maxsus ko'rsatmalar ishlab chiqdi, ularda mukofotdan matn va vizual formatlarda qanday foydalanmaslik kerakligi misollari keltirilgan.
"Yil brendi 2021" mukofoti g'oliblari, laureatlari va ishtirokchilaridan ushbu ko'rsatmalarni o'qib chiqishlari so'raladi.
➡️ Ko'rsatmalar