- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- 2022-yilning 6-chi "Yil brendi" mukofoti uchun ovoz berish yakunlandi!
10.05.2023
2022-yilning 6-chi "Yil brendi" mukofoti uchun ovoz berish yakunlandi!
Uyushmaning barcha iste'molchilari, hamkorlari va mutaxassislariga minnatdorchilik bildiramiz!
Mukofotlar ma'lum bir brendni sevadigan har bir kishiga uni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ovoz berish iste'molchilarning sadoqatini tadqiq qilish uchun sohaning eng katta marketing vositasi bo'lib, brendlarga o'z hamjamiyatini o'lchash va bozordagi mavqeini real baholash imkoniyatini beradi.
Olingan ovozlarning texnik ko'rib chiqilishi keyingi bir necha kun ichida bo'lib o'tadi. G'oliblar 20-may kuni soat 18:00 da Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida MAKON Marketing Forum 2023 doirasida bo'lib o'tadigan mukofotlash marosimida e'lon qilinadi. Marosimga kirish bepul.