- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- O'zbekiston Marketing xodimlari kuni va Reklama xodimlari kuni
17.08.2022
O'zbekiston Marketing xodimlari kuni va Reklama xodimlari kuni
Endi marketologlar va reklama beruvchilarning o'z bayramlari bor!
O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi Kengashi hamkorlarining ikkita professional bayram sanalari haqidagi taklifini ma'qulladi.
25-avgust - Reklama xodimlari kuni
19-aprel - Marketologlar kuni
1996-yil 25-avgustda Mustaqillikning 5 yilligini nishonlash uchun O'zbekiston shaharlari ko'chalarida birinchi marta milliy ijtimoiy reklamalar yaratildi va joylashtirildi.
2016-yil 19-aprelda Toshkentda birinchi ADWEEK Marketing va Reklama Haftaligi boshlandi.
Kasbiy bayramlar assotsiatsiyaning barcha hamkorlari uchun marketing va reklama mutaxassislariga minnatdorchilik va hurmat bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.