Orqaga

15.01.2026

“Biznes & Marketing” — tadbirkorlar uchun biznesni rivojlantirishda marketingdan foydalanish haqidagi o‘zbek tilida yozilgan birinchi amaliy kitob

O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan 16 ta yetakchi mahalliy brend hamkorligida chop etilgan “Biznes & Marketing” kitobi – bu O‘zbekiston bozori sharoitida marketing qanday ishlashini nazariyotda yoki “ideal model” asosida emas, balki amalda tushunish istagida bo‘lgan tadbirkorlar, rahbarlar va marketologlar uchun noyob amaliy qo‘llanmadir. 

Kitob yaratish g‘oyasi tadbirkorlar kunda duch keladigan marketing samaradorligini qanday baholash, qanday yechimlar natija berishi, jamoa, mahsulot va mijozlar bilan muloqot qanday tartibga solinishi kabi real savollar va murakkabliklardan tug‘ildi. Uyushmaning 10 yillik faoliyati davomida turli faoliyat yo‘nalishiga ega kompaniyalarning minglab vakillari shunday savollar bilan murojaat qilishgan.

“Biz dadil g‘oyani ro‘yobga chiqardik: marketing haqida shunchaki kitob emas, balki haqiqatan ish beruvchi vositani yaratdik. O‘zbek tilidagi birinchi stolusti kitobi bir tomondan, biznes uchun eng dolzarb savollarga javob beradi, u O‘zbekistonda juda mashhur brendlarning ajoyib natijalariga boy. Boshqa tomondan, u o‘quvchiga o‘z kompaniyasida marketing bilimlari va darajasini mustaqil baholash imkoniyatini beradi”,

— qayd etadi kitob muallifi, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvining raisi Diyor Mirzaahmedov.

Kitob asosini kompaniyaning butun yo‘lini qamrab oluvchi, biznes va marketingga oid 20 ta muhim masala tashkil etadi: boshqaruv tizimida rahbarning va marketingni tushunishning rolidan to jamoani, mijozlar bilan ishlashni tartibga solish va real natijalarni baholashgacha.

Har bir savol – bu quruq nazariyot emas, balki muammoning mohiyatini anglashga urinishdir: nega ba’zi marketing yechimlari ish beradi, boshqalari esa – yo‘q, qanday xatolar ko‘p takrorlanadi va ularni qanday chetlab o‘tish mumkin. Kitob tizimli tafakkurni shakllantiradi, boshqaruvchilik xatolarini kamaytiradi va ongli marketing yechimlarni qabul qilishda yordam beradi.

Natijaga eltuvchi amaliy format


O‘quvchi material bilan ishlashda qiynalmasligi va uni o‘z biznesida darhol qo‘llay olishi uchun kitobning har bir bobi umumiy mantiq asosida qurilgan.

dolzarb masalani ifodalash
qisqa va tizimli nazariy izoh
O‘zbekiston bozorida ishlaydigan kompaniyadan real keys
mustahkamlash uchun amaliy topshiriq
o‘zini o‘zi tekshirish uchun test
Bunday yondashuv mavzuni o‘rganibgina qolmay, bilimni aniq harakatga aylantirish imkonini ham beradi. Bitta bob – oldinga qarab tashlangan ongli bir qadamdir.

Kitob kimlar uchun

Kichik va o‘rta biznes egalari, top-menejerlar va yo‘nalishlar rahbarlari, marketologlar va brend-menejerlar, foydali va yuqori maqomdagi biznes-sovg‘a izlayotgan kompaniyalar uchun.

Undan individual – qadam-baqadam yo‘riqnoma sifatida ham, jamoada – muhokama va strategik sessiyalar uchun, ta'limda – amaliy material o‘laroq, shuningdek hamkorlar va xodimlar uchun qimmatli sovg‘a sifatida ham foydalanish mumkin.

Kitobning qadri

“Biznes & Marketing” — bu ongli yechimlar orqali biznesni rivojlantirish to‘g‘risidagi kitob. U marketing tadbirlari va real biznes-natijalar o‘rtasidagi aloqani namoyish etadi, bozor bilan bir tilda suhbatlashishga yordam beradi va marketingni har qanday foliyat sohasida kompaniya barqaror o‘sishining vositasi o‘laroq yuritishda yordam beradi.

“Biznes & Marketing” strategik tafakkurni shakllantiradi, pala-partish harakatlarni chetlab o‘tishga hamda, mahalliy bozor, mijozlar va kompaniya imkoniyatlaridan kelib chiqib, marketingni ongli ravishda qurishga yordam beradi. Bu O‘zbekistonda ishlayotgan biznesga “nima”ni va “aynan qanday” bajarish kerakligi haqida aniq tushuncha beradigan mualliflik asos-kitobidir.

Strategiya, amaliyot va natija – bir komplektda 

“Biznes & Marketing” kitobining o‘quvchilarida Igor Mann qalamiga mansub “Byudjetsiz marketing” kitobini ham qo‘shib, ikki kitobdan iborat komplektni xarid qilish noyob imkoniyati tug‘ildi. Bu nashr ham o‘zbek tilida va u amaliy sohani kuchaytirib, tushunishdan amaliyotga tezda o‘tishda yordam beradi.

“Biznes & Marketing” tadbirkorga tizim manzarasini va yechimlar qabul qilish mantig‘ini taqdim etsa, “Byudjetsiz marketing” darhol, qo‘shimcha xarajatlarsiz tatbiq etish mumkin bo‘lgan 50 ta aniq, amaliy vositalarni taklif etadi.

Bu ajoyib sovg‘a – investitsiya, u kompaniyaning umumiy aylanmalari o‘sishi bilan o‘zini qoplaydi. Kitoblar bozorni egallash va iste'molchilar e'tiborini jalb qilishning mahalliy yetakchi tadbirkorlarning insaytlari asosida qurilgan tushunarli va samarali yo‘lini tuhfa etadi. 

Kitobni quyidagi havolalar orqali xarid qilishingiz mumkin:

UZUM | Yandex | Ozon | Asaxiy

Ulashish

“Biznes & Marketing” — tadbirkorlar uchun biznesni rivojlantirishda marketingdan foydalanish haqidagi o‘zbek tilida yozilgan birinchi amaliy kitob