• Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Uyushma yangiliklari
  • 4-iyun kuni INHA University in Tashkent’da Marketing League 2026 Grand Final — O‘zbekistondagi eng yirik universitetlararo marketing ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🚀
Orqaga

02.06.2026

4-iyun kuni INHA University in Tashkent’da Marketing League 2026 Grand Final — O‘zbekistondagi eng yirik universitetlararo marketing ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🚀

Bir yil davomida talabalar jamoalari saralash bosqichlarida real biznes кейслари ustida ishlab, o‘z marketing bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Endi esa finalda mamlakatning 5 ta yetakchi universitetidan eng kuchli 10 ta jamoa o‘zaro bahs olib boradi:

🔹 INHA University in Tashkent
🔹 Webster University in Tashkent
🔹 British Management University
🔹 Central Asian University
🔹 Management Development Institute of Singapore in Tashkent

50 nafar finalchi kompaniyalarning real marketing vazifalari ustida ishlab, o‘z yechimlarini professional hakamlar hay’atiga taqdim etadi va Marketing League 2026 g‘olibligi uchun kurashadi.

Final hamkorlariga yoshlar, ta’lim va O‘zbekiston marketing industriyasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz:

⭐️ Strategik hamkor — Ipak Yuli Bank
⭐️ Titul hamkorlar — ERGO va Bellissimo Pizza

Marketing League 2026 Grand Final’da ko‘rishguncha! 🔥

Ulashish

4-iyun kuni INHA University in Tashkent’da Marketing League 2026 Grand Final — O‘zbekistondagi eng yirik universitetlararo marketing ligasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi! 🚀