- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- ⭐️ Toshkent Gullari Group — Brand Awards International 2026 mukofotining qatnashchisi
15.04.2026
⭐️ Toshkent Gullari Group — Brand Awards International 2026 mukofotining qatnashchisi
💐 Toshkent Gullari Group — 50 yildan ko‘proq tarixga ega, O‘zbekistonning eng taniqli floristik brendlaridan biri. 1973-yilda ta’sis etilgan brend Toshkentdagi birinchi keng ko‘lamli gul do‘konidan to floristika, servis va kreativ yechimlarni birlashtirgan zamonaviy ekotizimgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Brend missiyasi – odamlarga o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashish va his-tuyg‘ularini tabiat go‘zalligi orqali izhor qilishda yordam berish. Toshkent Gullari – bu shunchaki gullar emas, balki “qalbdan-qalbga” muloqot tilidir.
Bugungi kunda kompaniya butun boshli yo‘nalishlar ekotizimini taqdim etadi:
▫️ Toshkent Gullari Flowers — o‘rta segment guldastlari va kompozitsiyalari
▫️ Nour by TG — premial guldastalar va sovg‘a yechimlari
▫️ Toshkent Gullari Plants — Yevropadan xonaki gullar va kashpo
▫️ Toshkent Gullari Gourmet — gurme-mahsulotlar va sovg‘a to‘plamlari
▫️ Toshkent Gullari Wedding — to‘yoldi tadbirlari va tantanalarni bezatish
▫️ Toshkent Gullari Decor — guldonlar, sun’iy gullar va dekor
▫️ Toshkent Gullari Business — gullar va aksessuarlarni ulgurji yetkazib berish
▫️ Toshkent Gullari School — O‘zbekistondagi birinchi floristika maktabi
▫️ GUUL — yangi format: quchoq-quchoq gullar va gulli obuna
Bugungi kunda Toshkent Gullari Group — bu floristika bozorining yetakchisigina emas, balki iste’mol madaniyatini va tarmoqda yangi servis standartlarini shakllantiruvchi brenddir.
📱 Instagram |📱 Telegram |🌐 Website
🖥 Mukofot sayti
📞 Barcha savollaringizga javob beramiz:
+998 97 402 28 20
Ulashish