Orqaga

24.09.2026

🌟 Uyushmaning yangi hamkori — Smartcast Media kompaniyasini taqdim etamiz!

📺 Smartcast Media brendlarga restoranlar, do‘konlar, savdo markazlari, biznes markazlari va boshqa jamoat joylarida joylashgan raqamli ekranlarda reklama joylashtirish imkonini beradi.

Tasavvur qiling: korxonangizdagi raqamli ekran nafaqat o‘z kontentingizni namoyish etadi, balki qo‘shimcha reklama vositasiga ham aylanishi mumkin. Smartcast Media raqamli ekran egalari, brendlar va reklama beruvchilarni birlashtirib, biznesga mavjud infratuzilmasidan foydalanish va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini yaratadi.

🎯 Reklama beruvchilar uchun — real hayotda auditoriya bilan muloqot qilishning qo‘shimcha kanali.

💼 Ekran egalari uchun — mavjud uskunalar orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati.

🌍 Smartcast Media Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Buyuk Britaniyada raqamli reklama ekotizimini rivojlantirmoqda. O‘zbekiston bozori esa kompaniya uchun muhim yo‘nalishlardan biridir.

Uyushma bilan hamkorlik zamonaviy reklama formatlarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda brendlar, reklama beruvchilar va industriya vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🚀 Smartcast Media — raqamli ekranlarni reklama uchun yangi imkoniyatlarga aylantiramiz.

Ulashish

🌟 Uyushmaning yangi hamkori — Smartcast Media kompaniyasini taqdim etamiz!