- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- ⭐️ ROZMETOV kompaniyasini Uyushma bilan hamkorlik muddati uzaytirilgani bilan tabriklaymiz
08.06.2026
⭐️ ROZMETOV kompaniyasini Uyushma bilan hamkorlik muddati uzaytirilgani bilan tabriklaymiz
ROZMETOV — 37 yillik tarixga ega, O‘zbekistonda sifat so‘zining sinonimiga aylangan afsonaviy brend. 1989-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, oilaviy biznesdan qudratli sanoat xoldingi darajasigacha o‘sdi, shuning barinarida asosiy tamoyilni: har bir mahsulot uchun ta’sischining shaxsan javobgarligini saqlab qoldi.
👑 Mamlakatda halol kolbasa mahsuloti retsepturasini joriy qilgan ilk kompaniya. Rozmetov – bu avlodlar ishonch bildiradigan ta’m. Muvaffaqiyatning siri oddiy: faqat tabiiy go‘sht va ziravorlar. Biz yetakchiligimizning tarixiga zamin bo‘lgan “Asl Farhod” kabi afsonalarni yaratishda sifatni boy bermaymiz.
Kompaniya poydevori – 3 ta zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi va o‘z distributsiyasiga ega 19 ta filialli rivojlangan tarmoq. Ammo Rozmetov brendining qalbi – bu jamoamiz: hozirning o‘zida muvaffaqiyat tarixini yaratayotgan 600 dan ziyod o‘z ishiga sodiq ustalardir.
2025-yilda ROZMETOV FSSC 22000 (Food Safety System Certification) – oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish xalqaro sxemasiga ega bo‘lib, bu bilan jahon miqyosidagi kompaniya maqomini tasdiqladi. Tizim inson omili yoki texnik jarayonlar bilan bog‘liq ishlab chiqarish xatarlari va xatolarini minimallashtirishga yordam beradi.
🗣️ “Oilamizdan – oilangizga” shiori – bu oddiy so‘zlar emas, bu avloddan-avlodga eng yaxshi jihatlarni taqdim etish va’dasidir.
Ulashish