Orqaga

08.06.2026

🏆 Marketing League 2026 g‘oliblari aniqlandi!

Yil davomida O‘zbekistonning yetakchi universitetlari talabalari saralash bosqichlarida qatnashib, biznesning real marketing vazifalarini hal qildilar va Grand Final yo‘llanmasi uchun kurashdilar. Final bosqichida esa mamlakatning eng kuchli 10 ta jamoasi o‘z bilimlari, kreativ yondashuvi va strategik fikrlashini namoyish etdi. 

Marketing League 2026 yakunlariga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 Phoenix (INHA University in Tashkent)
🥈 Branding Up (Central Asian University)
🥉 Next Level (British Management University)

Bellissimo Pizza, Ipak Yuli Bank, ERGO, Click, HONOR, Paynet, Hayat Medical Center va GROSS kompaniyalari vakillaridan iborat professional hakamlar hay’atiga ishtirokchilar ishlarini baholagani uchun minnatdorlik bildiramiz. 

Loyiha hamkorlariga alohida tashakkur
🤝 Strategik hamkor — Ipak Yuli Bank
🤝 Titul hamkorlar — ERGO va Bellissimo Pizza

Fotohisobotni tomosha qiling va do‘stlaringiz bilan ulashing!

Barcha ishtirokchilar, universitetlar, hamkorlar va ekspertlarga yangi avlod marketologlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.🚀

Ulashish

🏆 Marketing League 2026 g‘oliblari aniqlandi!