- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- ⭐️ NamAgro Tech - Brand Awards International 2026 ishtirokchisi
10.04.2026
⭐️ NamAgro Tech - Brand Awards International 2026 ishtirokchisi
NamAgro Tech – bu O‘zbekistonning barqaror kelajagiga sarmoyadir.
🍀 Kompaniya Namangan viloyatidagi 1100 gektar bog‘da ekologik mas’uliyatli qishloq xo‘jaligini rivojlantirmoqda va to‘liq siklli zamomaviy ishlab chiqarish majmuasini yuritadi. Bugunning o‘zida yillik hosil 1000 tonnaga yetib, mahsulotlar xalqaro bozorlarga muvaffaqiyatli chiqmoqda.
Bog‘lar barqaror bog‘dorchilik tamoyillari asosida – tajovuzkor kimyoviy moddalarsiz, tabiiy muvozanatni saqlagan holda yetishtiriladi. Ishlab chiqarish suvni tozalash tizimi bilan jihozlangan va yuksak ekologik standartlarga javob beradi.
NamAgro Tech xalqaro darajada sifat va xavfsizlikni tasdiqlaydi: FSSC 22000, HALOL, Global G.A.P., ISO 14001.
Bu shunchaki qishloq xo‘jaligi loyihasi emas — balki inson salomatligiga, mintaqa rivojiga va Markaziy Osiyoda ekologik toza ishlab chiqarishning yangi standartini yaratishga qo‘shilgan hissadir.
📱 Instagram
Mukofot sayti
📞 Barcha savollaringizga javob beramiz:
+998 97 402 28 20
Ulashish