- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- ✨ Gazeta - Brand Awards International 2026 mukofotining qatnashchisi
19.05.2026
✨ Gazeta - Brand Awards International 2026 mukofotining qatnashchisi
Gazeta — mamlakatdagi eng yirik va nufuzli media nashrlaridan biri. 18-yildirki, nashr nafaqat voqeliklardan xabardor qiluvchi, balki ularning ahamiyatini ham tushunishga yordam beruvchi kontent yaratib kelmoqda. Gazeta siyosat, iqtisodiyot, biznes va madaniyat haqida klikbeytlarsiz, chuqur ekspertizaga tayangan holda hikoya qiladi. Nashrning maqsadi — murakkab jarayonlarni oddiy va tushunarli tilda tushuntirish hamda insonlar hayotiga ta’sir qiluvchi jihatlarga e’tibor qaratish.
Gazeta uch tilda — o‘zbek (lotin va kirill alifbolarida), rus va ingliz tillarida ish olib boradi. Tezkor yangiliklar, batafsil tahlillar yoki zamonaviy videoformatlar — har kim o‘zi uchun qulay bo‘lgan axborot olish usulini topa oladi. Bugungi kunda Gazeta, o‘z navbatida, muloqot maydoni hamdir. Nashr axborot hamkorligi yo‘nalishini rivojlantirgan holda davlat, biznes va mamlakat aholisiga bir-birlarini eshitishda ko‘maklashishni rejalashtirmoqda.
Gazetaning asosiy qadriyati — insonlar: yagona front bo‘lib ishlaydigan jamoa va, albatta, mushtariylar. Zero, nashr amalga oshirayotgan har bir ish, avvalo, insonlar haqida hikoya qiladi va insonlar uchundir.
🌐 Gazeta.uz
⭐️ Bosh hamkor – ANORBANK
⭐️ Strategik hamkor – BTS Express
🖥 Mukofot sayti
Ulashish