- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- 📣 Qadrli hamkasblar va marketing sohasi professionallari!
20.04.2026
📣 Qadrli hamkasblar va marketing sohasi professionallari!
👏Sizlarni O‘zbekiston marketologlar kuni bilan tabriklaymiz! 🇺🇿
😎Marketologlar — bu o‘zida strateglarni, kreatorlarni, analitiklar va ilhom bag‘ishlovchilarni jam qilgan insonlardir. Siz trendlarni shakllantirasiz, brendlarni kuchaytirasiz va biznesga o‘sishda va rivojlanishda yordam berasiz!
👍Sizdagi professionalizm bozorni rivojlantirishda, ishonch uyg‘otishda va iste’molchilar bilan samarali kommunikatsiyalarni yaratishda asosiy rolni o‘ynaydi!
🎉Bu yil biz uchun faxrlanishga alohida sabab bor – O‘zbekiston marketing uyushmasi 10 yilligini nishonlaydi! O‘tgan davr mobaynida ko‘plab salmoqli loyihalar amalga oshirildi, professional hamjamiyat birlashtirildi va mamlakatda soha rivojiga hissa qo‘shildi.
🔥Sizlarga ilhom, kuchli g‘oyalar, yorqin loyihalar va hayratomuz natijalar tilaymiz!
Eng ezgu tilaklar bilan,
O‘zbekiston marketing uyushmasi 🇺🇿
Ulashish