- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Uyushma yangiliklari
- ✔️ Bitriks24 – bo‘lajak Tashkent Marketing Forum 2026’da Digital Marketing seksiyasining hamkori
26.01.2026
✔️ Bitriks24 – bo‘lajak Tashkent Marketing Forum 2026’da Digital Marketing seksiyasining hamkori
Bitriks24 xalqaro kompaniyasi — biznes va kommunikatsiyalarni boshqarish uchun yechimlarning yetakchi ishlab chiquvchisi, butun dunyo bo‘ylab 15 milliondan ziyod kompaniyani birlashtirgan platformani taklif etadi. Bitriks24 biznes uchun vositalarning to‘liq jamlanmasini taqdim etadi, ular sirasida: loyihalarni boshqarish, CRM, kommunikatsiyalar va biznes-jarayonlar avtomatizatsiyasi, marketing va turli miqyosga ega kompaniyalarga samaradorlikni oshirish hamda ishchi jarayonlarni optimallashtirish imkonini beruvchi ko‘plab boshqa vositalar mavjud.
Bitriks24’ning asosiy afzalliklari qatorida – integratsiyaning soddaligi, yuqori darajada kastomizatsiya va bulutli talqinda ham, o‘z serverlarida ham foydalanish qulayligi. Bu platformani samaradorlik va biznesning o‘sishiga intiluvchi kompaniyalar uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Bitriks24 O‘zbekistonning o‘zida 130 dan ziyod integrator-hamkorlarga ega, bu butun O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyalarning ishchi jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni maksimal unumdorlik bilan, tez va ishonchli tatbiq etish imkonini beradi.
TMF26’da uchrashamiz!
📆 14-fevral
📍 AZIMUT Grand Hotel
🖥 Ma’lumotlar va chiptalar – forum saytida https://tmf26.marketing.uz/uz/
Savollaringizga javob beramiz:
📞+998974022820
Ulashish