Marketologlar uchun
Ta'lim
Nega bir mutaxassis oyiga 2 million, boshqasi esa 20 million maosh oladi? Farqi tajriba va bilimda. Agar marketing biznes uchun natija bersa, unda bunday marketing xarajatlari oqlanadi. Aks holda, bunday marketing yuk bo'ladi. Har doim talabga ega bo'lish uchun siz doimo o'rganishingiz va rivojlanishingiz kerak.
Biz marketingning turli yo‘nalishlari bo‘yicha zarur bilimlarni beruvchi “TEHNIKUM”, “Alpha Education”, “Top Expert”, “Biznes Rivoj”, “Avlod 21”, “YANO EDUCATION” kabi yirik o‘quv markazlari bilan samarali hamkorlik qilamiz. O‘zbekiston Marketing Uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra ushbu o‘quv markazlariga murojaat qilsangiz, chegirmaga ega bo‘lasiz. Doimiy treningsiz va bilim almashmasdan turib, kasbiy o‘sishning iloji yo‘q.
Kurslarni tanlang va havola orqali o'ting.