Marketologlar uchun
Maslahat berish
Bugungi kundagi eng yuksak qadriyat – bilim va tajriba. Marketing sohasidagi yaxshi mutaxassislar doimo talabgir, chunki ular doim o‘qiydilar, rivojlanadilar, yangi tajriba orttiradilar. Ko‘p hollarda bilim va ta'lim uchun haq to‘lashga to‘g‘ri keladi – bu tabiiy hol. Ammo bilimni xarid qilishgina emas, balki sotish ham mumkinligini anglash ko‘ngilga surur bag‘ishlaydi.
Ko‘p hollarda sotuvlarni oshirib, biznesni yangi darajaga ko‘tarish uchun tajribali mutaxassisning maslahati yetarli bo‘ladi. Agar siz u yoki bu sohada ekspert bo‘lsangiz, marketing bo‘yicha maslahatchi sifatida o‘z xizmatlaringizni taklif etishingiz mumkin. Bu qo‘shimcha pul topish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zingiz, o‘z malaka va bilimlaringiz haqida so‘zlab berish uchun shaklni to‘ldirishingiz kifoya.