MPA
Media va marketing bozori – butun dunyoda jo‘shqin o‘zgarib borayotgan yo‘nalishlardan biri. O‘zbekiston bundan mustasno emas – keyingi yillarda bu sohada o‘nlab kompaniyalar paydo bo‘ldi. Ular sirasida MPA (https://www.instagram.com/mpa_creativemedia/)ham mavjud, u qisqa vaqt ichida yirik loyihalarni amalga oshirib va muhim mavzu – ayollar biznesi va shaxsiy brendni rivojlantirishga qo‘l urib, o‘zi haqida baralla e'lon qildi.
MPA kreativ agentligi 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Uning paydo bo‘lishini media va PR sohasidagi bir nechta mutaxassislarning boy tajribasi va bilimlari uyg‘unligining samarasi deyish mumkin. MPA tashkil etilishining bosh g‘oyasi o‘zbek bozorini biznesni va shaxsiy brendni media-rivolantirishga nostandart yondashuv bilan tanishtirish bo‘ldi.