Buka Gym

BUKA GYM — Sizga manzur mashg‘ulotlar
Zamonaviy hayot tarzi shunchalik jo‘shqinki, aksariyat shaharliklarda sport yoki fitnesdagi o‘zlari istagan samaraga tezda erishishda ko‘maklasha oladigan mos yo‘nalishni tanlab olish uchun mutlaqo vaqt bo‘lmaydi. Holbuki, salomatlik – zamonamizning asosiy tamoyillaridan.

Siz uchun eng yaxshi yechimlar
BUKA GYM aynan sog‘lom tana haqida orzu qiluvchilar uchun tashkil etilgan! Hamfikrlarning jips jamoasi tana haqida qayg‘urish borasidagi zamonaviy texnologiyalarning barcha nozik jihatlarini biladi va har kimga chaqqonlik, kuch va jozibadorlik kasb etishda yordam berishga tayyor.

O‘z mijozlarimizga turli samaradorlik kuchiga va yo‘nalishga ega mashg‘ulotlarning keng ro‘yxatini taklif etamiz, jumladan:
- krossfit
- jang san'atlari: Boks, BJJ (braziliyacha Jiu-Jitsu), Tay boksi, MMA;
- greppling;
- bolalar uchun mashg‘ulotlar;
- ayollar uchun guruhli dasturlar;
- seminarlar, yetakchi mutaxassislardan ochiq mahorat saboqlari va boshqa ko‘plab takliflar!

Batafsil