2GIS

2GIS — 1999-yildan buyon shaharlar xaritalariga ega elektron spravochniklar chiqaruvchi kartografiya kompaniyasi.

2023-yil mart oyi holatiga 2GIS xarita-spravochniklari 12 ta mamlakatdagi 20,5 mingta aholi punkti (shulardan 790 tasi – shaharlar)ni o‘z ichiga oldi, oylik auditoriya esa 65 million foydalanuvchidan ortdi. Servis har kuni 2,5 mln.dan ziyod qidiruv so‘rovlarini qayta ishlaydi.

2GISning barcha talqinlari, shuningdek ularning yangilanishlari ham, foydalanuvchilar uchun bepul. Kompaniyaning asosiy daromad manbasi – xaritada va spravochnikda reklama joylarini sotish.

Forbes talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik internet-kompaniyalari o‘ntaligiga kiradi.

Batafsil