TBC Bank
Oʻzbekistondagi faoliyatini 2020-yilda boshlagan TBC Bank tez sur’at bilan rivojlanib bormoqda va mijozlarga innovatsion fintex platforma yordamida bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Bugun TBC UZ mobil ilovasi 3 milliondan koʻproq foydalanuvchilarga moliyaviy masalalarga yechim topishga yordam bermoqda.
TBC Bankning asosiy shiori – “Odamlar hayotini osonlashtiramiz”.
Raqamli texnologiyalarni hayotning barcha sohalariga joriy qilishga intiladigan TBC jamoasi navbatlar, ofislar, qogʻozli hujjatlar va murakkab formulalardan xoli bank yaratish uchun birlashgan.
