Pulsar Group Brewery

Samarqand pivo zavodi 1885-yilda Markaziy Osiyodagi birinchi pivo zavodi sifatida ta’sis etilgan.

U nemis tadbirkori puliga, autentik chex texnologiyasi asosida qurilgan. Hatto hozir ham, eski bijg‘itish sexlariga, pivo yetiltiriladigan xonalar va yerto‘lalarga kirilganda, qayerda ekaningizni adashtirib qo‘yasiz – Samarqandmi, Brno, Plzenmi yoki Pragami – me’moriy yechimlar, qurilish va g‘isht terilishining xususiyatlari bizning korxonamizda va Chexiyada shunchalik bir-biriga o‘xshashdir.

1892-yilda zavod hududida mineral suv zaxirasi aniqlangan va quduq qazilgan, natijada yuz yildan oshiq vaqtdan buyon O‘zbekiston nihoyatda yuqori sifatdagi mineral shifobaxshs-oshxona suvidan tatib kelmoqda. Bugungi kunda uni do‘konlar va dorixonalar rastalarida “Samarqand” brendi ostida ko‘rishingiz mumkin. Samarqand suvining xolis yuqori sifati relyefning xususiyatlari: Samarqand vohasini uch tomondan o‘rab turuvchi ulug‘vor Pomir tizmalari bilan izohlanadi. Muzliklar suvi nafaqat Zarafshon daryosi va ko‘plab soylarni suvga to‘ldiradi, balki vodiydagi yerosti suvlarining to‘yinishini ham ta'minlaydi.

Pulsar Group Brewery — pivo zavodining zamonaviy tarixi 1995-yildan boshlanadi, o‘shanda zavod chex biznesi ishtirokida aksiyadorlik jamiyatiga aylangandi. Hozirda u “Pulsar”, “Prajskoe”, Bochka”, “Jigulevskoe”, “Lemonadye”, “Mohito” va “Puls” savdo belgilari ostida pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi qudratli korxona, bozor yetakchilaridan biridir. Zavod Chexiya, Daniya, Germaniya, Niderlandiyadan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

Biz faqat Germaniya va Chexiyadan keltiriladigan tabiiy navli xmeldan, shuningdek chet eldan keltirilgan eng yaxshi sifatdagi dondan foydalanamiz. Bu xmelga boy ta'm va barqaror sifatdagi pivo olishni ta’minlaydi. Chexiyadan kelgan sayyohlar yumuq ko‘z bilan qilingan degustatsiyada “Pulsar” va Chexiyada tayyorlangan pivoni ajratib bo‘lmasligini e’tirof etadilar.

Pulsar Group Brewery — 1516-yilda qabul qilingan “Reinheitsgebot” pivo tozaligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq qaynatilgan va tindirilgan haqiqiy pivo sifati va ta’mini tamal toshi o‘laroq qabul qilgan.

Biz sifatning zarariga o‘z tamoyilimizdan og‘ishmaymiz va Markaziy Osiyodagi birinchi afsonaviy pivo zavodining 140 yillik tarixi buning tasdiqi bo‘ladi.

Batafsil