O‘zagrosug‘urta

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati haqli ravishda mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya 1997-yildan buyon xalqaro va ichki bozorda o‘z faoliyatini olib boradi, yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy va ixtiyoriy sug‘urta sohalarida to‘liq ko‘lamda hamyonbop va sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniya o‘z sug‘urta xizmatlarini nafaqat yirik shaharlarda, balki respublikaning eng chekka hududlarida ham amalga oshiradi. U butun O‘zbekiston bo‘ylab filiallar va markazlarning eng keng yoyilgan tarmog‘iga ega bo‘lib, shu sababli mijozlar ehtiyojlariga tezkor munosabat bildirib, yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatadi.

Kompaniya 150 dan ziyod sug‘urta xizmatlarini taqdim etadi va bugungi kunda ularning 26 tasi onlayn-sug‘urta sanaladi.

Batafsil