INDENIM

2018
- Indenim kompaniyasi tashkil topdi.
2019
- Indenim do'konlari tarmog'i 12 taga yetdi.
2020
- Indenim Termiz shahrida o'zining 4 qavatli, 13,6 ming metr kvadrat maydonli ilk Savdo Markazini ochdi.
2021
- Indenim DEPO Mall savdo markazida o'zining ilk Flagship turkumidagi 37-do'konini ochdi, bugungi kunda butun O'zbekiston bo'ylab mavjud bo'lgan yetakchi kiyim brendiga aylandi.
2021
- Indenim xalqaro bozorga chiqish maqsadida o'z savdo markasini Madrid Intellektual Mulk Reestri orqali ro'yxatdan o'tkazdi va xalqaro e'tirofi uchun ilk qadamlarini tashladi.
Aytish joizki, INDENIM kiyim do'konlari tarmog'i bugungi kunda 35 taga yetdi. 2022-yilda ushbu ko'rsatkichni 50 taga olib chiqish,2023-yilda esa butun mamlakat bo’ylab 100 dan ortiq do’konlarini ochish orqali bozorning yetakchi brendi bo’lishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo’ygan. Kelajakda esa dunyo sahniga ko'tarilish uchun chet ellik malakali mutaxassislar ko’magida INDENIM jamoasi betinim harakat qilmoqda. Kompaniya rahbari Azizbek Boboazizov so'zlariga ko'ra, “Biz Fashion Retail sohasida ulkan salohiyatimizni ta'minlab beruvchi 6 ta tikuv fabrikalariga va INDENIM brendiga asos soldik, minglab ish o’rinlari yaratdik, yoshlarga tekstil va chakana savdo yo’nalishida yetuk mutaxassis bo’lib shakllanishiga zamin yaratdik. Maqsadimiz - yaqin 5 yil ichida MDH davlatlariga chiqish va xorijning hech qaysi bir brendidan qolishmaydigan o'zbek brendini dunyoga tanitish.”Batafsil ma'lumot