"UZ CONGRESS"ning vazifasi davlat idoralari va biznes hamjamiyati buyurtmasi bo'yicha yuqori sifatli kongresslar, ko'rgazmalar va ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish uchun tizim va infratuzilma yaratishdir. Bizning maqsadlarimiz biznesni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga hissa qo'shish, O'zbekiston Respublikasining qulay investitsiya muhiti va xalqaro obro'sini mustahkamlash, shuningdek, uning iqtisodiy va madaniy salohiyatini mustahkamlashdan iborat.