Power Retail — PR va blogerlar bilan ishlash, Digital va SMM, tadbirlarni tashkil etish, reklama, trade-marketing hamda xodimlarni o‘qitish xizmatlarini taklif qiluvchi xalqaro to‘liq siklli marketing agentligi. Biz brendlar uchun omnichannel marketing strategiyalarini ishlab chiqish va mijozlar uchun barcha aloqa kanallarini qamrab oluvchi uzluksiz hamda yaxlit tajriba yaratishga ixtisoslashganmiz. Agentligimiz xalqaro mijozlar va loyihalar, maishiy elektronika (consumer electronics) segmentidagi yuqori darajadagi ekspertiza hamda jips va samarali faoliyat yurituvchi jamoasi bilan ajralib turadi. Biz O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlarida turli marketing loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdamiz.