Biznes uchun
Qoidalar
O‘zbekiston marketing uyushmasi Marketing xizmatlarini
ko‘rsatuvchi agentliklar reestri to‘g‘risidagi nizom
1. Umumiy qoidalar
1.1. O‘zbekiston marketing uyushmasi Marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar reestri (keyingi o‘rinlarda – Reestr) – Internet tarmog‘idagi ochiq va umumfoydalanishdagi axborot resursi bo‘lib, ushbu Nizomga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi agentliklarining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
1.2. Reestr quyidagi maqsadda shakllantiriladi va yuritiladi:
- jismoniy va yuridik shaxslarga Reestr yo‘nalishlari bo‘yicha agentliklar to‘g‘risidagi dolzarb axborot taqdim etish;
- agentliklar faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish;
- buyurtmachilarga pudratchilar topishda ko‘maklashish.
2. Reestr yo‘nalishlari
2.1. Reestr agentliklar faoliyatlarining quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:
1. Consulting. Marketing konsaltingi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi agentliklar biznesning muayyan marketing vazifalarini hal etishga qaratilgan kompleks xizmatlar taqdim etish bilan shug‘ullanadilar. Bunga quyidagilar kirishi mumkin: samarali rivojlanish strategiyalarini yaratish, umumiy rejalashtirish, yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga olib chiqishning bosqichma-bosqich rejasini ishlab chiqish, xatarlar tahlili.
2. Strategy. Strategik marketing agentliklari – kompaniya auditi, bozorni va maqsadli auditoriyani o‘rganish asosida barcha bosqichlarda: mahsulotni ishlab chiqishdan to marketing rejalarini amalga oshirishgacha, biznesni rivojlantirishning umumiy marketing strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsultatsiya va loyiha xizmatlarini ko‘rsatadilar.
3. Marketing Research. Marketing tadqiqotlari agentliklari ma'lumotlar to‘plash va tahlil qilishga ixtisoslashadi. Rivojlanishning yangi yo‘llarini izlayotganingizda yoki to‘g‘ri biznes-strategiya shakllantirish uchun ma'lumotlar yetarli emasligini sezganingizda ularga murojaat qilish mumkin. Qanday xizmatlarni buyurtirish mumkin? Turli auditlar, bozor va yo‘nalishni o‘rganish, iste'molchilarni, jumladan fokus-guruhlarni o‘rganish, so‘rovlar va intervyular, shuningdek biznesning o‘zini va xodimlar ish samaradorligining tadqiqi. Shu tariqa, ulardan biznesga kerakli barcha narsani bilib olish mumkin.
4. Marketing Education – marketing sohasida ta'lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar (kurslar, ma'ruzalar, seminarlar va h.k.)
5. Full cycle agency. To‘liq sikl agentliklari marketing strategiyasini ishlab chiqib, amalga oshirishdan to o‘tkazilgan reklama kampaniyasining samaradorligini baholashgacha bo‘lgan kompleks marketing xizmatlarini taqdim etadilar. Masalan, reklama kampaniyasiing asosiy g‘oyasi va konsepsiyasini shakllantirish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish, xarajatlarni rejalashtirish, foydani prognozlash va reklama tadbirlarining samaradorligini baholash. Kompaniyaning kompleks internet-reklamasi strategiyasini ishlab chiqish, saytlarni yaratish, integratsiyalash, ilgarilatish va qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tarmoqlarda hamjamiyatlar yaratish va kommunikatsiya qilish va internet-makondagi boshqa faoliyatlar. Agentliklar saytni ilgarilatishda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarni jalb qilishda yoki tarmoqda reklama joylashtirishning o‘zida yordam beradilar. Qoidaga ko‘ra, ular SeO, SMM, sayt ishlab chiqish, uning redizayni, kontekst reklamasini yuritish, banner va media reklama kampaniyalarini yuritish kabi xizmatlarni ko‘rsatadilar.
6. SMM. Agentliklar maxsus target, retarget va tahlil vositalaridan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok)da brendlarni ilgarilatish bilan shug‘ullanadilar, mijozning turli vazifalarini hal qiladilar: trafikni oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish, sotuvlarni oshirish. SMM-agentliklar ijtimoiy tarmoqlarda brendlar akkauntlarini doimiy yuritish uchun, ham maxsus tadbirlarni o‘tkazish uchun noyob kontentlar yaratadilar.
7. Digital media. Internetda biznesni ilgarilatish, internetda reklama joylashtirish, kontekst (Google Ads i Yandeks Direkt), banner, targetlangan va mobil hamda boshqa turdagi onlayn reklama kampaniyalari bilan shug‘ullanadilar.
8. SEO. Tanlangan so‘rovlar bo‘yicha Google va Yandeks izlash tizimlari taqdim natijalarida birinchi pozitsiyalarga olib chiqish uchun internetda saytlarni optimizatsiyalash va ilgarilatish bilan shug‘ullanuvchi agentliklar. Mijoz uchun bu potensial buyurtmachilar tomonidan saytga tashriflarning ortishini, mahsulotlar va xizmatlardan xabardorlikni va erishilgan kiruvchi trafik asosida sotuvlar o‘ramasini qurish imkoniyatini anglatadi.
9. Influence marketing. Agentliklar buyurtmachi mahsulotlari to‘g‘risidagi insonlar fikrlarini boshqa kishilar yordamida shakllantirish bilan shug‘ullanadilar. Masalan, taklif etilgan mahalliy ekspertlar va mashhur shaxslardan to blogerlargacha bo‘lgan mashhurlar ishtirokida turli tadbirlar o‘tkazadilar, mijoz haqida va uning mahsulotlari va xizmatlari haqida obunachilarga so‘zlab beradigan inflyuenserlarni izlash bilan shug‘ullanadilar, blogerlar bilan integratsiyani tashkil etadilar, brend ambassadorlarini tanlaydilar.
10. Website development, mobile applications, bot. Axborot to‘plash va tahlil qilishdan boshlab, ishlab chiqish, kontent bilan to‘ldirish va to‘liq yuritish hamda izlash tizimlariga saytni moslashtirishgacha – saytlar, mobil ilovalar va Telegram-botlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi agentliklar. Ko‘pincha bunday agentliklar sayt, mobil ilova va botni ishga tushirgandan keyin texnik qo‘llab-quvvatlov va saytlarga xizmat ko‘rsatadilar.
11. Performance marketing Perfomans marketing agentliklari ilgarilatish xizmatlarini ko‘rsatishda internet-marketing vositalaridan foydalanadilar, ularning natijalarini olingan ma'lumotlar tahlili yordamida o‘lchash mumkin. Bunday agentliklarning asosiy xizmatlari digital sohasida taqdim etiladi: kontekst reklama, targetlangan reklama, retargeting, remarketing, media reklamasi, SMM, hamkorlik dasturlari (CPA), web-tahlil, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama auditi.
12. Platform. Digital-marketing servislari va texnologiyalari guruhi.
13. PR. PR-agentliklar brend obro‘si va iste'molchilar tasavvuridagi timsoli bilan bog‘liq barcha ishlar, shuningdek jamoatchilik bilan aloqa ustida ishlaydilar. Birinchi navbatda joriy vaziyat tahlil qilinadi va kommunikativ strategiya ishlab chiqiladi. Shundan keyin matbuot va fikrlar yetakchilari bilan kontakt o‘rnatiladi va maqsadli auditoriyada brend haqida muayyan fikr shakllantirishga, taniqlilik va sadoqatni oshirishga qaratilgan noyob PR-loyihalar hamda tadbirlar ishlab chiqiladi.
14. Creative. Kreativ agentliklar ijod va kreativ bilan bog‘liq barcha ishlar bilan shug‘ullanadi. Reklama mahsulotini ijodkorona yaratishga – bazaviy ijodiy vazifalarni, reklama g‘oyalari va konsepsiyalarini, ularning asoslanuvini, turli reklama kommunikatsiyasi kanallari uchun amalga oshirilishini ishlab chiqishga ixtisoslashadi. Masalan, tashqi va bosma reklama, TV va YouTube uchun noodatiy reklama g‘oyalarini ishlab chiqishda, klassik va raqamli mediada ilgarilatish konsepsiyasi va ssenariysini o‘ylab topishda, suratga olish guruhi uchun batafsil TT shakllantirishda yordam bera oladilar.
15. Branding. Brendning o‘ziga xosligini ishlab chiqishga ixtisoslashgan agentliklar, ular kompaniya strategiyasini yaratish bo‘yicha, quyidagilarni qamrab oluvchi kompleks yechimlarni taqdim etadi: maqomlashuvni ishlab chiqish (bozorni kompleks o‘rganish va brend-tahlil asosida), neyming, vizual identifikatsiya tizimi, shuningdek kommunikatsiyaviy strategiya va ilgarilatish strategiyasi.
16. TV Media. Media agentliklari – bu, qoidaga ko‘ra, OAVga reklama joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalardir. Birinchi navbatda, bu katta auditoriya qamroviga ega tashuvchilar uchun reklama ishlab chiqish va tarqatish (televidenie, bosma nashrlar, radio, tashqi reklama). Media agentligining vazifasi – optimal kanallarni saralash va reklama xabarini u qaysi auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan o‘shanga yetkazish.
17. Video Production. Video-prodakshn studiyasi – bu video-reklamalar, filmlar, promo- va teleko‘rsatuvlar yaratish bilan professional shug‘ullanuvchi agentlik. Odatda suratga olish va sifatli natija uchun yetarli to‘liq xodimlar shtati: rejissyor, prodyuser, grimchi, operator, dekorator, yorituvchi, aktyorlarga ega.
18. Event. Event-agentliklar turli amaliy tadbirlarni tashkil etishning maxsus vositalaridan foydalanib, mijozning biznes-vazifasini hal qilish bilan shug‘ullanadilar. Ularga korporativ bayramlar, timbildinglar, amaliy tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, biznes-turizm, biznes-o‘yinlar), marketing tadbirlari (taqdimotlar, ish boshlash, bines-nonushtalar bayramlar) kabilar kiradi.
19. Outdoor media. Tashqi reklamani ishlab chiqish va joylashtirishga ixtisoslashgan agentliklar. Tashqi reklama – bu ochiq joylarga, shuningdek binolar, turli inshootlar va ko‘cha jihozlari unsurlarida o‘rnatilgan maxsus muvaqqat yoki statsionar konstruksiyalarga joylashtiriladigan reklamadir.
20. Outdoor production. To‘liq sikldagi reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi – reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishdan to montaj va servisgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatuvchi agentlik.
21. Indoor advertising. Jamoat binolari ichida joylashtirish uchun reklama ishlab chiqish hamda ularni joylashtirishga ixtisoslashgan agentliklar. Odatda bu sotuv nuqtalaridagi, aeroportlar va vokzallar, kinoteatrlar, biznes-markazlar, podyezdlar, liftlar, ko‘ngil ochish maskanlari, OTM, shifoxonalar va sh.k.dagi reklama.
22. Transport advertising. Shahar jamoat va tijorat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi)da reklama joylashtirish, jumladan korporativ transportni brendlash xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi agentliklar.
23. Souvenirs, gifts. Reklama suvenirlari va biznes-sovg‘alar, jumladan mahsulot yoki qadoqqa buyurtmachi logotipini tushirish xizmatini taklif etuvchi agentliklar.
24. Geo marketing. Mijoz va uning xizmatlari haqida mahalliy auditoriyaga – yaqin-atrofdagilarga so‘zlab berish uchun 2GIS va boshqa geoservislar, masalan, Google.Karta yoki Yandeks.Navigatordan foydalanuvchi agentliklar.
25. 2D/3D design. Obyektlarni uch o‘lchamli muhitda maksimal real ko‘rinishda aks ettirish uchun 3D-texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanuvchi agentliklar. Hajmli grafika va animatsiya uylarni loyihalashtirish va dizaynidan boshlab, reklama, o‘yinlar va kino ishlab chiqarishga – turli sohalarda keng qo‘llaniladi.
3. Reestrda qatnashish tartibi
3.1. Reestrga qo‘shish uchun ariza taqdim etgan kompaniyalar hisobiga reestr to‘ldirib boriladi.
3.2. Reestrda qatnashish uchun Reestr sahifasidagi elektron arizani to‘ldirish kerak bo‘ladi.
3.3. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Yuridik nom
- Brend
- Agentlik haqida
- Xizmatlar turlari
- Kontakt raqami
- Sayt
- Rahbar FIO
- Logotip
3.4. “Agentlik to‘g‘risida” bo‘limida agentlik tarixi, asosiy mijozlar yoki muvaffaqiyatli loyihalar va agentlikning barcha resurslariga havolalarni keltirish lozim. Bu axborot arizani ko‘rib chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
3.5. Arizani olgach, Uyushma Marketing xizmatlari qo‘mitasi Reestrda qatnashishga nomzodni birinchi o‘tkaziladigan onlayn-yig‘ilishda ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi. Qo‘mitaning qarori to‘g‘risidagi axborot nomzodga qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida yetkaziladi. Rad etilgan taqdirda Qo‘mita o‘z qarorini asoslab berishi shart.
3.6. Qo‘mita ijobiy qaror qabul qilgan taqdirda, nomzod Reestr qatnashchisi bo‘ladi va uning logotipi Reestrda barcha tanlangan yo‘nalishlarda aks etadi.
3.7. Reestrda qatnashish muddatsizdir. Qatnashchi Reestrdan Qo‘mita qaroriga ko‘ra 3.9.-b.ga muvofiq, shuningdek yuridik shaxs faoliyati to‘xtatilganda chiqarilishi mumkin.
3.8. Reestrga kiritilgan agentliklar to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘liq va ishonchli bo‘lishi lozim. Reestrga kiritilgan agentliklar faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3.9. Uyushmaga Reestr qatnashchisi yoki qatnashchilari to‘g‘risida biror salbiy axborot kelib tushgan taqdirda, uning haqqoniyligi Reestrlar va reytinglar qo‘mitasi a'zolari tomonidan tekshiriladi va agar faktlar tasdiqlansa, qatnashchi oldin ogohlantiriladi, takroriy holatda esa, Reestr qatnashchilari tarkibidan chiqariladi.
3.10. Reestrda qatnashish – bepul.
4. Reestr qatnashchilari huquqlari va majburiyatlari
4.1. Reestr qatnashchisi quyidagi huquqlarga ega:
4.1.1. O‘z xodimlari, mijozlari va manfaatdor shaxslarni Reestrda qatnashishi haqida xabardor qilish;
4.1.2. Reestrda qatnashishi to‘g‘risidagi axborotni o‘z axborot resurslariga, reklama maydonchalariga joylashtirish, og‘zaki va yozma kommunikatsiyalarda Reestrga havola berish;
4.1.3. Reestr va ushbu Nizomni shaklan va mazmunan yaxshilash, Reestrni bozorda ilgarilatish bo‘yicha takliflar kiritish;
4.2. Reestr qatnashchisining majburiyatlari:
4.2.1. Yuridik shaxs, manzil, rahbar FIO, faoliyat yo‘nalishlari, sayt, logotip va kontakt raqami o‘zgargan taqdirda uyushmani xabardor qilish.
4.2.2. Agentlik to‘g‘risida haqqoniy axborot taqdim etish.
5. Yakuniy xulosalar
5.1. Reestr nomzodi, qatnashchisi va Qo‘mita o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga kelgan taqdirda, nizoni Uyushma boshqaruvi ko‘rib chiqadi.
5.2. Reestrga taqdim etilgan axborot uchun javobgarlikni reestr qatnashchisi o‘z zimmasiga oladi.