Orqaga
Sharapov Otabek

Sharapov Otabek

Milliy Marketing qo'mitasi raisi

Otabek Sharapov — 605 agentligi asoschisi va kreativ direktori, O‘zbekistondagi yangi avlod reklama va marketing vakillaridan biri. U kuchli brendlar yaratish, noodatiy kommunikatsion yechimlar va bozorda katta rezonans uyg‘otadigan kreativ kampaniyalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Faoliyatini Technomart kompaniyasida boshlagan va u yerda brend rivoji hamda muvaffaqiyatli marketing loyihalarida ishtirok etgan. Keyinchalik, 2021-yilda 605 agentligiga asos solib, qisqa vaqt ichida uni mamlakatning yetakchi kreativ agentliklaridan biriga aylantirdi.

Uning rahbarligida agentlik ikki bor Agency of the Year unvonini qo‘lga kiritgan, shuningdek Jolbors Awards kabi xalqaro festivallarda mukofotlangan. Agentlik portfelida korzinka, iTV, Texnomart, Geely, Tashkent Optical va boshqa brendlar bilan ishlangan кейсlar mavjud. Otabek Sharapov, shuningdek, ilk o‘zbek tilidagi marketing media-platformasi Marketing Bo‘limi muallifi hisoblanadi.