Sa'diy Temur
Musobaqalar va reyting qo'mitasi raisi
Temur Sa’diy — MA'NO Branding agentligi hammuassisi va dizayn-direktori, O‘zbekistondagi eng yetakchi brending va dizayn mutaxassislaridan biri. 15 yildan ortiq vaqt davomida u samarali vizual tizimlar, brend strategiyalari va kommunikatsion yechimlar yaratib kelmoqda.
Uning rahbarligida MA'NO Branding Nestlé, Ucell, Red Bull, PepsiCo, BAT, Click, Payme, Uzum, TBC Bank, UzPost, Silk Avia, MaxWay va boshqa ko‘plab brendlar uchun loyihalarni amalga oshirgan. Agentlik ishlari strategik yondashuv, zamonaviy estetika va mahalliy bozorni chuqur tushunishi bilan ajralib turadi.
Temur Sa’diy xalqaro darajada tan olingan mutaxassis bo‘lib, Cannes Lions 2024 hakamlar hay’atiga kirgan O‘zbekistonning ilk vakiliga aylangan. Shuningdek, u Red Dot, Epica Awards va Pentawards kabi nufuzli mukofotlar sohibidir.