Orqaga
Kim Igor

Kim Igor

Digital qo'mitasi vakili

Igor Kim — Wunder Digital Uzbekistan CEO’si, digital-marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri. 13 yildan ortiq tajribaga ega bo'lib, reklama investitsiyalarining samaradorligini oshirish, performance-marketing va zamonaviy digital yechimlarni joriy etishga ixtisoslashgan.

U O'zbekistondagi Wunder Digital ofisiga asos solinganidan buyon kompaniyaga rahbarlik qilib keladi va agentlikning mahalliy bozordagi strategik rivoji uchun mas’uldir. Uning boshqaruvi ostida jamoa Samsung, Beeline, Pepsi va boshqa yirik brendlar uchun loyihalarni amalga oshirgan.

Igor Kim professional hamjamiyat rivojida ham faol ishtirok etadi, digital transformatsiya, analitika va reklama bozorining kelajagi bo'yicha forumlarda muntazam chiqish qiladi.