Buriev Aziz
Tadqiqot va ekspertlar qo'mitasi raisi
Aziz Buriev — DE FACTO Marketing agentligi direktori, marketing va sotsiologik tadqiqotlar sohasida 28 yildan ortiq professional tajribaga ega ekspert. U O‘zbekistonning yetakchi tadqiqot agentliklaridan biriga rahbarlik qilib, yirik mahalliy va xalqaro brendlar uchun loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Faoliyati davomida 200 dan ortiq kompaniyalar uchun minglab tadqiqot loyihalariga rahbarlik qilgan. Agentlik mijozlari orasida Pepsi, KIA, BYD, LG Electronics, KFC, Samsung, korzinka va boshqa mashhur brendlar bor.
Aziz Buriev ESOMAR xalqaro assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lib, mamlakat professional hamjamiyatini rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Uning ekspertizasi bozor tadqiqotlari, iste’molchi xulq-atvori, data-analitika, auditoriya segmentatsiyasi va biznes o‘sishi uchun insightlarni aniqlashni qamrab oladi. U O‘zbekistondagi marketing tadqiqotlari yo‘nalishining eng nufuzli mutaxassislaridan biri hisoblanadi.