Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2102 UzBuild 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etish va stend tashkillashitirsh


  • Nominatsiya:

    One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya

  • Brend

    Durable Beton

  • Agentlik

    Inhouse

Muammo

2022-yil birinchi choragida bruschatkaning yangi modellarini ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yil oxirida beton xaridorlari uchun “Xaridni onlayn kuzatish” xizmati ishga tushirildi. 2022-yil ikkinchi choragida yangi TBM-mahsulotlarni ishga tushirilishi mo‘ljallangan. UzBuild 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etishi iste’molchilarni yangiliklar bilan tanishtirish, istiqbolli xaridorlar va biznes hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarni ochib beradi.


Yechim

“UZBUILD 2022” Xalqaro ko‘rgazmasi mamlakatimizning qurilish sohasida eng muhim tadbirlaridan biri. Har yili ko‘rgazmada qurilish materiallari, texnologiya va mahsus uskunalarning mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning eng ilg‘or yechimlar va tajribasi namoyon etiladi. Oldimizda maqsadli auditoriya uchun bitta joyda yangi mahsulot, xizmat va yechimlarni taqdim etish vazifasi belgilangan edi. «DURABLE BETON» MChJ UzBuild 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etishi to‘g‘risida Gazeta.uz, Spot.uz va Nuz.uz internet manbalarida xabarlar berildi.


Natija

29 ta xaridorlar bilan aloqa o‘rnatildi. 22 ta uchrashuv rejalashtirildi. Top-menejerlar bilan 12 ta muzokara olib borildi. 2022-yilning birinchi yarmida 4 ta shartnoma tuzildi (ko‘rgazma natijalari bo‘yicha). 7 ta loyiha bo‘yicha byudget smetasi tayyorlandi. To‘rt kun ichida «DURABLE BETON» MChJ stendiga 100 dan ortiq maqsadli kompaniya va tashkilotlarning vakillari tashrif buyurishdi. Gazeta.uz internet manbasining Telegram kanalida kompaniya ishtirok etishi haqida xabarning qamrov darajasi 31,6 mingni, Spot.uz Telegram kanalida esa 7,4 mingni tashkil etdi.



Ro'yxatga qaytish