Rebranding. Rebrending
PDP Academy
605 Agency / RedFox Agency
PDP Academy — 2000 dan ortiq bitiruvchi va 5 yillik tajribaga ega IT akademiya. Kompaniya kengayish arafasida, unga maktab, universitet kabi yangi yoʻnalishlar qoʻshiladi. PDP kompaniyaning yangi yoʻnalishlariga oson adaptatsiya boʻladigan dizayn sistema yaratishga qaror qildi. Muammo shundaki, hozirda kompaniya faqat logotipga ega. Ranglar, shrift va logotipning ma'nosi (ikkita sleshdan tashqari: bu element kodlashni anglatadi) yetarlicha kashf qilinmagan.
Biz logotipni saqlab qolishga, lekin uni zamonaviyroq va universalroq qilishga qaror qildik. Yangi aydentikani yaratishdan tashqari, (patternlar, shrift, korporativ palitra va hk.), doira belgisiga alohida ma'no berishga qaror qildik. Endi doira – bu butun olam! U akademiyani, universitetni, maktabni, dasturchi va uning dasturlashga boʻlgan muhabbatini ifodalashi mumkin.
Yangi logotip va dizayn tizim ishlab chiqilgandan soʻng, biznes jarayonlar tezlasha boshladi. Dizayn boʻlimi xodimlari 50% ga optimallashtirildi. Brend so'rovlari ikki baravarga ko'paydi. Kompaniya rejalashtirilganidan bir yil avval universitet ochishga muvaffaq boʻldi.