Branding. Brending
Assoodiq
Mountain
Assoodiq kompaniyasi faoliyatini boshlashdan oldin o'z oldiga tadbirkorlarni isloh qilishni oliy maqsadi sifatida qo'ydi. Asosiy faoliyati tadbirkorlarga islom moliyasidan ta'lim berish, halol-haromga eng asosiy e'tiborni qaratish va shu orqali butun hayotini isloh qilish hisoblanadi. Assoodiq brendi haqida ko'pchilikda tushuncha bo'lmagan va faoliyatini anglatish bilan bog'liq muammolar mavjud edi.
Shu muammoni yechishda ilk qadamlardan biri branding bo’ldi.
Assoodiq brendining missiyasiga va brend beradigan qiymatga mos logotip tayyorlandi. Logotipda sohani ochib berish maqsadida “wordmark” uslubidan foydalanildi va «A» harfida sohaning asosiy unsurlaridan biri kitob va qalamning uchi tasvirlandi. Halollikni va sohani ochib berish uchun yashil rangdan foydalanildi. Bu orqali esa raqobatchilardan yaqqol ajralib turadi.
O'zbekistonda birinchi bo’lib Islom moliyasi bo’yicha konsalting brendi tashkil topdi. Tadbirkorlarni Islom moliyasi bo'yicha saviyasi oshirildi. Brendning tashqi va ichki ko'rinishlari ishlab chiqildi. 600 dan ortiq tadbirkorlar kursni tamomladi. Qisqa treninglarda 5000 ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi. Brend o'z faoliyatini kengaytirdi va Assoodiq Consult, Assoodiq Kitoblar, Assoodiq Club faoliyatlari yo’lga qo’yildi.