Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1514 Orzularni haqiqatga aylantiramiz


  • Nominatsiya:

    Integrated. Integratsiyalangan kampaniya

  • Brend

    M-Exclusive Event

Muammo

"M-Exclusive Event" - korporativ tadbirlarni rejalashtirish va tashkil etishga ixtisoslashgan yangi bo'linma bo’lib, u 2020 yildan buyon o’z faoliyatini olib bormoqda. Bu kunga qadar, “M-Exclusive Event” tomonidan bir qancha yirik tadbirlarni tashkil etganligiga qaramay, maqsadli auditoriyaning kompaniya xizmatlaridan xabardorlik darajasi past, bozorda esa raqobat muhiti juda keskin ekanligi ma’lum. Shu sababli, biz maqsadli auditoriyani kompaniyamiz xizmatlari tog’risidagi xabardorligini yuksaltirish va bu orqali savdo hajmini oshirishga turtki beradigan integraciyalangan kampaniya o'tkazishga qaror qildik.


Yechim

1-bosqich) Ushbu muammoni hal qilish uchun biz promo-videoni sur’atga olishga qaror qildik. Promo-videoda, tadbirlarni tashkillashtirish jarayonida, ushbu sohada professional tajribaga ega bo’lmagan ko’pchilik insonlar duch keladigan asosiy muammolarni ko'rsatishga intildik. Shunday qilib, bizning kompaniyamiz bunday muammolarni samarali hal qilishini, hamda tadbirlarni tashkil etishda barcha logistikalarni to'g’ri boshqara olishini ko'rsatmoqchi bo’ldik. Promo-videoda keltirilgan xulosalarimiz, kompaniyamiz tomonidan amalga oshirilgan oldingi tadbirlarimizning ichki tahlili, hamda mijozlar bilan ishlash jarayonidagi kuzatuvlarimiz asosida ishlab chiqildi. (2-bosqich) Ikkinchi bosqichda, biz ushbu promo-videoni targ'ib qilishning eng samarali kanallarini aniqladik. Korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatishimizni inobatga olgan holda, maqsadli auditoriyamiz boshqaruv lavozimlarini egallagan turli kompaniya vakillari (mustaqil qarorlar qabul qila oladigan), xususiy tadbirkorlar, biznes-trenerlar deb belgiladik. Ushbu marketing kampaniyasining asosiy vazifasi – bu bizning brendimiz tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar to’g’risida maqsadli auditoriyamizga ma’lumot yetkazish va ularni bizning xizmatlarimizdan foydalanishga targ’ib qilish. Ushbu maqsadga erishish uchun integraciyalashgan kampaniyasini ishlab chiqdik, va quyidagi targ’ibot kanallarini tanladik: (1) Digital-targ’ibot (ijtimoiy tarmoq va messendjer): Kun.uz axborot saytining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy profili va Telegram messenjeridagi kanali; (2) Oflayn targ’ibot: I.Gulyamov va M-Faktor.uz tomonidan tashkil etilgan biznes treninglar. Strategiya samaradorligini baholash uchun ko'rsatkichlar (metrika): (1) Dastlabki ma’lumotlarni olish uchun murojaatlar sonining o'sishi; (2) Tadbirlarni tashkil etish bo'yicha imzolangan shartnomalar sonining o'sishi (konversiyalar soni).


Natija

Ushbu marketing kampaniyasi natijasida kompaniya xizmatlari toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni olishga boʻlgan murojaatlar soni 2 oy davomida (2022-yil, Iyul-Avgust) oldingi oylar soniga nisbatan 50%ga oshdi. Tadbirlarni oʻtkazish xizmatlari bo’yicha imzolangan shartnomalar soni 20% ga oshdi (2022-yilning Yanvar-Iyun oylarida oʻtkazilgan tadbirlarning oʻrtacha soni oyiga 5 ta tadbirni tashkil etadi), ushbu vaqt oralig’i davomida imzolangan shartnomalarning oʻrtacha byudjeti esa 30% ga oshdi. Bu esa, amalga oshirilgan kampaniya natijasida nafaqat tadbirlar soni, balki ularning hajmi (ya’ni ularga ajratilgan byudjet hajmi) ham oshganligidan dalolat beradi.



Ro'yxatga qaytish