One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya
Dinay Pulpy - One channel
clickME
Yangi mahsulotimiz Dinay Pulpyni ishlab chiqarishni boshlaganimizdan so'ng, bizga brend xabardorligi uchun imkon qadar ko'proq insonlarni qamrab oladigan aloqa kanali kerak edi. Bu kanal orqali insonlar qiziqishi va ta’tib ko'rishi uchun biz mahsulotni yaxshi tanishtirishimiz va harakatga chaqirishimiz kerak edi.
Biz turli xil aloqa kanallarini tahlil qildik va telegramdagi reklamaga ustuvor ahamiyat qaratdik, chunki u hududlarda va hatto qishloqlarda ham eng ommabop tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shunday qilib, biz yangi mahsulotimizni turli maqsadli demografiyalar/auditoriyalarga namoyish qilish va tanishtirish uchun jozibali posterlar va diqqatni o’ziga qaratadigan videolarni tayyorladik.
Biz reklamamizni O'zbekiston aholisi orasida eng mashhur mobil ilovada ko'rsatdik. O‘zbekistondagi eng mashhur telegram kanallarida o‘z reklamamizni ko‘rsatdik. Biz reklamalar uchun eng yaxshi ko’rish imkoniyatiga ega platformadan foydalandik. Biz turli hududda istiqomat qiluvchilarga mo'ljallangan kanallarda reklama ko'rsatdik. Biz turli qiziqishlarga qaratilgan kanallarda reklama ko'rsatdik. Biz turli yosh guruhlari va jinslarga mo'ljallangan kanallarda reklama ko'rsatdik. Biz xabarni oila va do'stlarga osongina yo'naltirish mumkin bo'lgan eng yaxshi aloqa kanalidan foydalandik. Biz mijozlarimiz reklamalarimizni eng ko'p ko'rishni istagan kanaldan foydalandik (so'rovnoma asosida).