“Tashkent Digital Marketing Forum 2023” hamkorlarni taklif etadi

O‘zbekistondagi birinchi xalqaro raqamli forum – butun Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli marketingni rivojlantirishga qaratilgan eng yirik tadbir.

Forum hamkorlari quyidagilarga ega bo‘ladi:

- keng ko‘lamli reklama imkoniyatlari;

- butun Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli marketingni rivojlantirishga qaratilgan eng yirik tadbirning qo‘llab-quvvatlashi;

- O‘zbekiston marketing uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi nomidan alohida hamkorlik sovrini orqali o‘z yutuqlarining qayd etilishiga erishish;

- forum ishtirokchilariga marketing sohasidagi o‘z muvaffaqiyatlari va yutuqlari haqida so‘zlab berish imkoniyati;

- interaktiv, o‘yinlar o‘tkazish uchun qulay maydoncha va boshqa ko‘plab imkoniyatlar!

Siz ushbu keng ko‘lamli voqyeaning Bosh, Strategik, rasmiy yoki VIP-hamkori bo‘lishingiz va yangi, noyob format yordamida o‘z maqsadli auditoriyangiz va iste'molchilaringiz oldida kompaniyangizni yetakchi va novator sifatida namoyon etish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin. Bundan tashqari, tadbir hamkoriga kompaniyaning dolzarb yutuqlarini forum ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashish va tashkilotchilar tomonidan maxsus sovrin olish imkoniyati taqdim etiladi.

 

Forum dasturida:

- Ikki kunlik xalqaro digital-konferensiya

- «Digital Marketing Awards» – brendlar, blogerlar va inflyuenserlarni mukofotlash

Sizning taklif va mulohazalaringizni kutamiz:

+998 97 402 28 20