Birinchi xalqaro “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” Toshkentda o‘tkaziladi
Butun biznes digitalga o‘tyapti. Bu – fakt. Shu sababli, reklama va marketing bilan bir qatorda, mamlakatimizdai digital-yutuqlarni alohida ko‘rsatish muhim. Shu bilan birga, jahonda digital-marketingga bag‘ishlangan ko‘plab forumlar o‘tkazilishiga qaramay, Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xosligi, iste'mol madaniyati, biznes rivojlanishi va darajasi alohida e'tiborni, shu sohadagi xalqaro mutaxassislar bilan tajriba va fikr almashishni talab qiladi.
Forum – bu o‘z yutuqlarini ko‘rsatish, g‘oyalar va kirib kelgan yildagi rejalar bilan o‘rtoqlashish, bozor yetakchilarini tanish,o‘tgan yilda digital-metrika bo‘yicha forum sovrinini oladigan eng yaxshi loyihalarni ko‘rish imkoniyatidir. Forum Markaziy Osiyo uchun yangi har yilgi maydoncha bo‘lib, marketologlar, ishlab chiquvchilar, raqamli marketing sohasida xizmat ko‘rsatuvchi agentliklar va ushbu texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlar foydalanuvchilarini jamlaydi.
2023 yil 19-20-martda “Hilton Tashkent City”da mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar, digital-agentliklar va yirik brendlar vakillari chiqish qiladilar, O‘zbekiston sharoitida samarali ishlaydigan raqamli marketing vositalari borasidagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar. Forum ishtirokchilari bozor ekspertlaridan dolzarb bilimlar oladilar va ularni o‘z bizneslari va professional o‘sishlari uchun qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar.
Forumga O‘zbekiston, Rossiya, Norvegiya, Qozog‘istondan ekspertlar taklif qilingan. Forum tadbirlarining jonli translyasiyasi “MAKON Marketing” YouTube-kanali orqali uzatiladi.
“Tashkent Digital Marketing Forum 2023” spikerlari sirasida Google, Yandeks, Beeline, Alibaba.com, Brand Analytics, LiveDune, Admixer, Wunder Digital vakillari mavjud.
Konferensiya faoliyati yakunlanishi bilan “Tashkent Digital Awards” tantanali mukofotlash marosimi o‘tkaziladi, unda LiveDune (Rossiya) agentligi digital-metrikasi bo‘yicha Uyushma marketing reytingining TOP-100 taligiga kiruvchi brendlar, shuningdek mahalliy raqamli kontent mualliflari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
Forum tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston marketing uyushmasi.