Arizalarni qabul qilish: 2022-yil 7-fevraldan 1-aprelgacha
V-MUKOFOTI

2021-YIL BRENDI

Mukofot bilan o‘tgan yilda O‘zbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadi.
“Yil brendi” mukofotidan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlagan eng yaxshi marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, O‘zbekiston tadbirkorlik sohalari, marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.
fotoreportajlari
YO'RIQNOMA
logotipni yuklab olish

Mukofot bosqichlari

Arizalarni qabul qilish va to`lov

2022-yil 7-fevral – 2022-yil 1-aprel (shu sana ham kiradi)

Ekspert hay'ati va iste'molchilar ovoz berishi

2022-yil 10-aprel – 2022-yil 10-may (shu sana ham kiradi)

Mukofot natijalarini e'lon qilish

2022-yil 21-maydagi Taqdirlash marosimida

"2021-Yil brendi" V mukofoti natijalari

BRENDLARGA MUKOFOTDA QATNASHISHDAN FOYDA NIMADA?

Imkoniyatlar

Biznes-muvaffaqiyatlarni qayd etish va keng omma oldida brendning marketing yutuqlarini taqdim etish imkoniyati. Mukofot natijalarining O‘zbekiston Marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra Brendlar va agentliklarning marketing samaradorligi har yilgi reytingiga kiritilishi.

E'tirof

Brendning marketing bo‘yicha mutaxassislari rolining kuchayishi hamda  ularning xizmatlari va mehnatlari natijalarining e'tirofi, brendning barcha biznes-jarayonlari uchun marketingning ahamiyatini ommalashtirish.

Ishtirok

2021-yilda 300 000 kishiga yetgan iste'molchilar ochiq xalqona ovoz berishida va Uyushmaning 200 dan ziyod ekspertlari va sheriklari ovoz berishida brendning ishtiroki. Mukofot uchun har yilgi ovoz berish O‘zbekistonda iste'molchilar sadoqatiga oid marketing tadqiqotining eng keng ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi.

Maqom

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan iste'molchilar va ekspertlar e'tirofiga ko‘ra «2021-yil brendi» maqomini olish va undan reklamada hamda ommaviy axborot vositalarida foydalanish huquqiga ega bo‘lish imkoniyati.

MUKOFOT NOMINATSIYALARI

banklar, moliyaviy institutlar, sug‘urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, auditorlik kompaniyalari, kredit tashkilotlari
qahva, choy, sut, energetik ichimliklar, gazlangan va gazlanmagan suv
mehmonxonalar, restoranlar, kafe, qahvaxonalar, umumiy ovqatlanish joylari, keytering xizmatlari
davlat, jamoatchilik tashkilotlari va ijtimoiy loyihalar, xayriya faoliyati
axborot texnologiyalari, IT-loyihalar, texnologik yechimlar, mobil ilovalar
xususiy va davlat tibbiyot markazlari, kosmetologiya klinikalari, tibbiy texnika, profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya uslublari, tibbiy xizmatlar
logistik kompaniyalar, taksi xizmatlari, yetkazib berish xizmatlari
kiyim-kechak, poyabzal, zeb-ziynatlar, kosmetika, parfyumeriya
ilmiy loyihalar, ta'lim muassasalari, maktablar, OTMlar, taraqqiyot dasturlari, rivojlantiruvchi markazlar, til maktablari, bolalar lagerlari
tijorat va turar ko‘chmas mulki, qurilish, development, rieltorlik, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq mahsulotlar va xizmatlar, qurilish materiallari
oziq-ovqat mahsulotlari, ziravorlar, yarim tayyor mahsulotlar
yuristlar, auditorlar, sotuvlar bo‘yicha konsultantlar, marketologlar, psixologlar, motivatorlar
festivallar, konsertlar, kinoteatrlar, teatrlar, yarmarkalar, muzeylar, ko‘rgazmalar, sport voqyealari, parklar, SKM, sport klublari
chakana savdo tarmoqlari, supermarketlar, do‘konlar, elektron tijorat, maishiy texnika va boshqa mahsulotlarni muddatli to'lovga sotadigan do'konlar
TV, elektron va bosma OAV, hamjamiyatlar, radiostansiyalar
mobil operatorlar, telekommunikatsiyalar, internet xizmatlari
audio va video, mashiy texnika, kompyuterlar, telefonlar, smartfonlar, planshetlar, “aqlli uy” tizimi
shaxsiy gigiena uchun tovarlar, maishiy kimyo, yuvish vositalari
mebel, interer ashyolari (yorug‘lik, to‘qimachilik, idish-tovoq, pardalar, dekor)
bolalar ozuqasi, kosmetika va gigiena vositalari, kiyim-kechaklar, o‘yinchoqlar
transport (yengil va yuk avtomobillari, mototsikllar, boshqa turdagi transport), yondosh tovarlar (shinalar, moylar, yoqilg‘i, aksessuarlar)
turistik kompaniyalar, kurortlar, sanatoriylar, dam olish uylari va zonalari, mahsulotlar va xizmatlar, bronlash servislari, aviakassalar
farmatsevtik kompaniyalar va preparatlar
fitnes-klublar, sport zallari, vitaminlar, BFQlar energetik batonlar, ichimliklar, fitnes-dasturlar, mashq lagerlari, sport va mashq jihozlari

MUKOFOT EKSPERT HAY'ATI

Mukofot hay'ati tarkibi O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari, ekspertlari va ustoz-ekspertlari – tegishli professional tajriba va yutuqlarga ega marketing, reklama sohasidagi yetakchi mutaxassislardan tashkil etiladi.

Tashkilotchilar

Strategik hamkor

Rasmiy Hamkor

VIP hamkor

Digital
hamkor

Texnik
hamkor

Sohaviy hamkorlar