Вы участник?

ISH TAQDIM QILISH

Loyihalar

Ahadmix Group: Kuch birlikda


  • Nominatsiya:

    Ijtimoiy muhim vazifalarning hal qilinishi

  • Brend

    Ahadmix Group

Muammo

СOVID-19 pandemiyasi kichik va o‘rta biznesga katta zarar yetkazdi, bu esa O‘zbekistonning ko‘plab korxona va kompaniyalarining noma’lum muddatga yopilishiga sabab bo‘ldi. Tashqi reklama zaruratdan ko‘ra hashamatga aylangan shunday og‘ir va beqaror davrda tadbirkorlarni qanday qilib qo‘llab-quvvatlash va ularga o‘z biznesi haqida eslatishga yordam berish mumkin? Division marketing agentligi Toshkent shahridagi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida LED ekranlarini ijaraga berish va sotishga ixtisoslashgan Ahadmix Group kompaniyasi uchun "Kuch birlikda" ijtimoiy ahamiyatga ega kampaniyasini ishlab chiqdi.


Yechim

Mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi karantin talablarini yumshatish davrida paydo bo‘ldi. Aynan o‘sha vaqtda kichik va o‘rta biznes egalari o‘z reklamalarini Toshkent markazidagi LED ekranlarda atigi ming so‘m evaziga joylashtirishlari mumkinligi doirasidagi "Kuch birlikda" aksiyasi yo‘lga qo‘yildi. Uning shartiga ko‘ra, ishtirokchilar kampaniya saytidagi anketani to‘ldirishlari va o‘z biznesining barcha uchun og‘ir pandemiya sharoiti vaqtidagi faoliyati haqida yozishlari kerak edi. Ushbu aksiya tadbirkorlarni umumiy muammo oldida birlashtirish maqsadida tashkil etildi.


Natija

inal bosqichiga olingan kompaniyalar soni 40 nafar bo‘lib, ularning har biri o‘z xizmatlari va mahsulotlari haqida minglab tomoshabinlarga aytib berish imkoniga ega bo‘ldi. Kampaniya kichik va o'rta biznes korxonalariga joylashtirilgan reklama qamrovini bir necha bor oshirishga, foydalanuvchilar bilan 50000 o‘ziga xos kelishuvlarga erishishga yordam berdi, bu esa brendga nisbatan iste’molchilarning xabardorligi va sodiqligini oshirdi. Bundan tashqari, ijtimoiy sifatida rejalashtirilgan loyiha o‘z natijasini berib, Ahadmix Group'ga yangi reklama beruvchilarni jalb qilish va o‘zini ijtimoiy mas’uliyatli va ishonchli hamkor sifatida tanitish imkonini berdi.



Ro'yxatga qaytish