Yangi mahsulot yoki xizmatning ishga tushirilishi
Uzbekinvest
Barcha sug’urta kompaniyalar, shu jumladan «O’zbekinvest» ham, jismoniy shaxslar uchun ixtiyoriy KASKO avtosug’urtasini sotishda, xatto Toshkent shahrida ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Iste'molchilar mahsulotning narxiga, uning shartlariga, qamrab olingan xavflarning ro'yxatiga yoki sug'urta hodisasi yuz berganda olgan kompensatsiya miqdoriga norozi bo’lib kelishgan. Shuningdek, sug'urta kompaniyalari to'g'ri o'z mahsulotlarini targ'ib qilish va xizmatlarining jozibador ko'rinishga keltirish haqida to'liq tasavvurga ega emas.
Iste'molchi uchun eng qulay shartlar bilan yangi sug'urta xizmatini ishlab chiqish. Avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug'urtalash bo'yicha yangi xizmat KASKO 2.0 deb nomlangan. KASKO 2.0 sug'urta kompaniyasi nuqtai nazaridan emas, balki iste'molchi nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan.
Reklama kampaniyasi va mahsulot iste'molchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Videolar 252 mingdan ortiq marta ko'rildi, veb-saytga 27 mingdan ortiq foydalanuvchilar turli kanallardan tashrif buyurishdi.