Loyiha №112
Farzona jewelry
Logotipni ishlab chiqish jarayoni brend nomi va uning pozitsiyalanishiga asoslandi. Farzona — bu ildizi arab va fors madaniyatiga borib taqaladigan, ayollik nafosati va ahamiyatini aks ettiruvchi ayollar ismi. Biz arabcha kalligrafiya (xattotlik sanʼati) uslubidan mohironalik bilan foydalangan holda logotip yaratdik. Bu badiiy yondashuv bizga brend nomining bir boʻgʻini (fa)ni logotipda aks ettirish imkonini berdi. Biz chizmaga nafis zargarlik buyumi obrazini ham kiritdik. Bu nafaqat goʻzallikni ifodalaydi, balki Farzona brendi shugʻullanuvchi yoʻnalish haqida ham maʼlumot beradi. Shunday qilib, biz ishlagan logotip brendning noyob xabari va poziyasini yetkazgan holda tarix, madaniy oʻzlik va nafislik sinteziga aylandi.
TAF! * TAF! * TAF! * TAF!