Loyiha №110
OQTEPA LAVASH
"Mazali gaplar joyi” reklama kampaniyasi iste’molchimiz portreti (tashqi ko‘rinishi) uning odatlari va xohishlarini chuqur o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng erishgan ishimiz samarasidir.
Asosiy auditoriyamiz 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yoshlar — talabalar, bo'ydoqlar va yosh oilalar ekanligini aniqladik.
Hozirgi yoshlar, yosh bo'lishiga qaramay, jiddiy charchash muammosiga duch kelishmoqda. Bu muammo asosan ijtimoiy tarmoqlarning ta'siri bilan bog'liq.
Boshqalarning g'oyalari va muvaffaqiyatlariga intilishda, ular o'zlarining qobiliyatlariga shubha qila boshlashlari va muvaffaqiyatsizlik tuyg'ularini boshdan kechirishlari mumkin.
Tadqiqotga kirishilgach, ko‘p hollarda kundalik shovqin-surondan qochib yurgan yoshlar do‘stlari bilan fast-fud kafesida yig‘ilishga harakat qilishlarini, u yerda shaxsiy hayotlari va yutuqlari haqidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishlarini angladik. Va ma'lum bo‘lishicha, ular o‘zlarining muammolarini muhokama qilish chog‘ida, o'z tengdoshlari orasida bo'lganlarida, yurtimizning tez tayyor bo‘ladigan taomlar orasida eng sevimlisi bo‘lgan — Lavashni iste'mol qilganlarida o'zlarini chinakamiga emin-erkin his qilishadi.