RAPM brendi uchun yangi qadoq dizayni va logotip
RAPM — bu mahalliy kompaniya tomonidan erkaklar uchun ishlab chiqariladigan shampun va gellar brendi. RAPM mahsulotlari har kunlik gigiyenani hattoki eng gʻayratli, unchalik hissiyotlarga berilmaydigan va sentimental boʻlmagan erkaklar uchun ham yoqimli mashgʻulotga aylantirish maqsadida tabiiy ekstrakt va komponentlar qoʻllangan holda ishlab chiqariladi.
Muammo, vazifa
Bizning vazifamiz ayni damdagi xaridorlarga tanish boʻlgan vizual obrazni saqlagan holda savdo belgisini kompleks rebrending qilish edi. Bunga erishish uchun biz brendning asosiy elementlarini saqlab qolib, tashqi koʻrinishini yangilashga harakat qildik. Qadoqning erkaklar uchun moʻljallanganini ifodalashga ham alohida eʼtibor qaratdik: u keskin, jiddiy, qatʼiy va aniq koʻrinishga keldi. Minimalizm va premium-dizayn elementlarini oʻzida mujassam etgan noyob uslubni yaratish loyiha doirasidagi eng muhim vazifalardan biri boʻldi.
Yechim
Ushbu mahsulot bloger va inflyuyenserlar tomonidan targʻib qilinishini inobatga olib, biz ijtimoiy tarmoqlarning turli platformalarida keng omma uchun jozibador va viqorli koʻrinadigan qadoq yaratishga diqqatimizni qaratdik. Ranglar yechimi ham yuqoridagi barcha mezonlarga asoslandi. Mahsulotlarimiz turfa xilligini ifodalash uchun qora rangni boshqa yorqinroq ranglar bilan uygʻunlashtirdik: sedana yogʻini ifodalash uchun qora bilan kumushrangni, golubika rezavor mevasini ifodalash uchun — nafis pushti rangni, zanjabilni ifodalash uchun — yorqin sabzirangni va jenshenni ifodalash uchun — och jigarrangni uygʻunlashtirdik.
Natija
Yakunda mahsulot har qanday biznes-maqsadga mos keluvchi vizual aydentika (oʻziga xos uslub) va qadoqqa ega boʻldi hamda RAPM mahsulotlari sotuvlarini oshira boshladi.