Logochi loyihasi doirasida ijtimoiy aksiya
Statistika maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlar soni 592 371 tani tashkil etdi. Ularning 88% kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Har yili Oʻzbekistonda 10 000 dan 50 000 tagacha korxona faoliyati tugatiladi. Umuman olganda, dunyoda birinchi yil startaplarning 20–30 foizi vayron boʻladi, ikkinchi yil — 15 foizi, uchinchi yil yana 10 foizi.
Muammo, vazifa
Bizneslar onlayn formatga oʻtolmasligiga va yopilishiga asosiy sabablardan biri — bu logotipning yoʻqligi. Biz Logochi loyihasini 2021-yilda eksperiment tarzida ishga tushirdik. Loyihaning asosiy maqsadi — yangi ish boshlagan kichik biznes vakillariga boshqalardan ajralib turishlari, bozorda oʻz oʻrinlarini egallashlari uchun hamyonbop narxlarda sifatli logotip yaratish xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Yechim
Loyiha doirasida 3-marta ijtimoiy aksiya oʻtkazildi. Ularda jami 386 ta murojaat kelib tushdi. Har bir ijtimoiy aksiyada 10 tadan 30 ta kichik biznes uchun bepul logotip yasab berdik. Ayni damda bepul logotip taqdim etilgan 30 ta korxonadan 24 tasi shu logotiplardan foydalanmoqda.
Natija
Yangi logotipdan foydananish boshlanganidan soʻng kompaniyalarda sotuvlar oʻrta hisobda 30% ga oshdi. Minim agentligi bu loyiha orqali: — oʻz taniqliligini oshirdi, — loyallikning ortishiga erishdi, — mijozlar bazasini kengaytirdi. Undan tashqari, Logochi Telegram kanaliga 380 ta kichik biznes vakillari obuna boʻldi. Bu 380 ta potensial mijoz degani.