TDAU rebrendingi (Toshkent Davlat Agrar Universiteti)
Toshkent davlat agrar universiteti mamlakatimizdagi eng qadimiy oliy oʻquv yurtlaridan biri sanaladi – Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti 1930-yilda tashkil etilgan boʻlib, 1934-yil oktabr oyida bir qancha oʻzgarishlardan soʻng u Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti deb nomlandi. 1991-yil aprel oyida oliy oʻquv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi.
Muammo, vazifa
Universitet so'nggi yillarda yangi texnologiyalarni joriy etish va resurslarni optimallashtirishga intilayotganini hisobga olsak, TDAU brendingi zamon talablariga javob bermasdi, brendning butun mohiyati va xarakterini ko'rsata olmadi. Shuning uchun yangi brending bu jihatlarning barchasini o'z ichiga olishi kerak edi.
Yechim
Yangi logotipda bug'doy yuqoriga intilish va dinamikani ramz etadi. Shrift zamonaviy, sodda uslubda tanlangan, rang sxemasi esa yashil va kulrang. Yashil rang ekologiya, o'simliklar, hayotni ifodalaydi. Kul rang - poydevor va bilimni ramz qiladi. Yangi rang sxemasi Toshkent davlat agrar universitetining boshqa atributlariga ham tatbiq etiladi.
Natija
Ushbu bosqichda yangi identifikatsiya TDAU bo'ylab amalga oshirilmoqda