Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

2114 Strateg


  • Nominatsiya:

    One channel. Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya

  • Brend

    Rozmetov/Asia.uz

  • Agentlik

    M-Exclusive

Muammo

Jahon bozorida pandemiyadan so’ng, tashqi reklamaning o’rni sezilarli darajada o'sdi va kelgusi yilda yana 11% ga, uning raqamli yo’nalishi esa 27%ga o'sishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, iste'molchilar pandemiya davridan oldingi davrga qaraganda ko'proq tashqi reklamaga ahamiyat berayotganlari ta’kidlanmoqda (Amerika Tashqi Reklama Agentligining 2022 yil hisoboti / OAAA OOH 2022). Ushbu o’zgarishlar bilan bir qatorda, tashqi reklama bozorida raqobat ham tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda – ayniqsa Respublika bo’ylab bilbordlarning kamayishi natijasida, LED-ekranlarining ahamiyati va mashhurligi yanada oshdi. Bozorda o’zining barqarorligini ta’minlash uchun, reklama agentliklari tashqi reklama vositalarini yangi texnologik yechimlar bilan integraciya qilishga, yoki o’ziga e’tibor tortadigan aktsiyalarni ishlab chiqishda ijodiy mahoratlarini ko’rsatishga urinmoqdalar. Biz ham texnologik takomillashtirishga e'tibor qaratayotgan bo'lsak-da, mijozlarimizga qo'shimcha qiymat (qulaylik) yaratishga intilgan holda mijozlarimizni ushlab qolish va yangi mijozlarni jalb etishga yo’naltirilgan strategik loyihani ishlab chiqdik.


Yechim

Loyihamizning asosiy maqsadi – milliy bozorda ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo’lgan, dunyo miqyosidagi tashqi reklama sohasiga oid asosiy trendlarni aniqlash orqali mijozlarimizning marketing kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish jarayonida to‘g‘ri yo‘naltirish va ularning tashqi reklamadan olayotgan samaradorligini oshirish; hamda, buning asosida kompaniyamiz tomonidan taklif etilayotgan xizmatlarning boshqa reklama kompaniyalarining xizmatlaridan ajralib turishini ko’rsatish natijasida asosiy ikki maqsadimizga erishmoqchi edik - tashqi reklama xizmatlarimizning sotuvini oshirish (1-maqsad) va hamkor-mijozlarimiz bilan ishonchni mustahkamlash (2-maqsad). Ushbu muammoni yechimini topishda, biz jahon bozoridagi asosiy trendlarni tahlil qilib, ushbu taktikalarning milliy bozorda naqadar ahamiyatga egaligini sinab ko'rdik. Bizning kuzatishlarimiz Amerika Tashqi Reklama Agentligining 2021/2022 yillardagi hisobotlariga va McKinsey&Company COVID-19 Global Consumer Sentiment iste'molchilarning fikrini o’rganishga yo’naltirilgan tadqiqot hisobotiga asoslanib amalga oshirildi. Ushbu izlanishimiz asosida belgilab olingan trendlar (prezentaciyada batafsil keltirilgan), hamkor-mijozlarimizning tashqi reklamaga yo’naltirilgan marketing taktika va strategiyalarini ishlab chiqishda tatbiq etildi. Ushbu strategiya samaradorligini baholash uchun ko'rsatkichlar (metrikalar): (1) Kompaniyamiz bilan ishlab kelayotgan mijozlar o'rtasida reklama xizmatlarini (tashqi reklama) ko'rsatish bo'yicha imzolangan shartnomalar sonining o'sishi; (2) Mijozlarning tavsiyalari (customer referrals) asosida reklama xizmatlarini (tashqi reklama) ko'rsatish bo'yicha imzolangan shartnomalar sonining o'sishi.


Natija

Natijalarni tahlil qilish uchun biz so’ngi yil davomida yaqindan hamkorlik qilgan ikkita kompaniya – go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi “Rozmetov” brendini va “Asia.uz” supermarketlar tarmog‘ini tanladik. • Rozmetov brendining reklama roliklarini Toshkent shahri bo’ylab, kompaniyaning savdo nuqtalariga yaqin (500-1000 metr radiusda) joylashgan 14 ta LED-ekranlariga 1 yil davomida (Avgust 2021 – Avgust 2022) joylashtirish natijasida, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning (kolbasa va go'sht mahsulotlari) sotuvi 15% ga oshdi. • Asia.uz brendining reklama roliklarini Toshkent shahri bo’ylab, kompaniyaning savdo nuqtalariga yaqin (300-1000 metr radiusda) joylashgan 40 ta LED-ekranlariga 3 oy davomida (Iyun 2022 – Avgust 2022) joylashtirish natijasida, kompaniyaning – “Солнечное” brendi ostida sotilayotgan kungaboqar yog’i va “Asia Meat” brendi ostida sotilayotgan kolbasa va go'sht mahsulotlari sotuvi mos ravishda 15% va 8%ga oshdi. Mijozlarimiz bilan yaqindan hamkorlik qilish natijasida ular bilan mustahkam munosabatlarni o’rnatish va sodiqligini oshirishga muvaffaq bo'ldik. Shuningdek, mijozlarimiz bilan tashqi reklama xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha qayta tuzilgan shartnomalar soni 15% ga oshdi. Bundan tashqari, mijozlarning tavsiyalari asosida (customer referrals) tashqi reklama xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni o‘tgan yilga nisbatan 5% ga oshdi.



Ro'yxatga qaytish