Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1815 Десертная паста To'tiyo


  • Nominatsiya:

    SMM. SMM-kampaniya

  • Brend

    Ermak

Muammo

Bugungi kunda butun dunyoda “Sog’lom hayot tarzi” ga bo’lgan talab oshib bormoqda. Ermak kompaniyasi ushbu talabni inobatga olgan holda va aholi turmush tarzini yana yaxshilash maqsadida barcha oila a’zolari uchun manzur bo’ladigan, darmondorilarga boy, eng muhimi shakarsiz hamda tabiiy mevalardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.


Yechim

2021-yildan bu madsadga erishish uchun marketing tadqiqotlari va strategiyasi tuzib chiqildi. Yangi mahsulotlar bo’yicha juda ko’plab tajribalar o’tkazildi va nihoyat 2022-yil boshida ushbu natijalar o’z mevasini berishni boshladi. Tabiiy, shakarsiz, vitamin va minerallarga boy bo’lgan hamda imunitetni mustahkamlovchi tarkibida kunjut, dolchin, qora uzum, yong’oqlarni birlashtirilgan “To’tiyo” nomli desertniy pastamiz tayyor bo’ldi. Ushbu mahsulot butun O’zbekiston bo’ylab barcha savdo nuqtalariga tarqatib chiqildi. Undan tashqari ushbu mahsulot haqida aholiga ma’lumot berish maqsadida “Kun.uz” , “Qalampir.uz” platformalariga PR maqolalar joylashtirdik. “Ozod Shukrulloyev” va “Maftuna” kabi blogerlar bilan kolobratsa qilish orqali kulgiga boy video rolik tayyorladik va uni barcha ijtimoiy tarmoqlarga joyladik. Toshkendagi avtobuslarga , led monitorlarga va butun O’zbekiston bo’yicha HoReKa , supermarketlarga mavjud monitorlarga ya’ni Tv-linega video roliklarni joylashtirdik. Butun mamalakat bo’ylab mahsulot haqida aholining fikr mulohazalarini bilish uchun “Degustatsiya” tadbirlarini o’tkazdik.


Natija

Mahsulotimiz istemolchilar tomonidan juda yaxshi qabul qilindi. Birinchi hariddan keyingi qayta harid hajmi oshdi. Kun.uz sayti, telegram va instagaram platformalarida ko’rishlar hajmi 1mln dan oshdi. Qalampir.uz saytida 400 mingdan ko’p ko’rildi. Bloger Ozod Shukurulloyev Instagram, tik-tok sahifalarida umumiy ko’rishlar 1 mln 200 mingdan oshdi. Oldimizga qo’yilgan maqsadlarga ortig’i bilan erishdik. Shu turdagi mahsulotlarga talab yuqoriligi sababli avgust oyidan mahsulotlar lineykasi ko’paydi. Olma pyuresi va olma nektarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va savdo nuqtalariga testiviy rejimda tarqatildi. Bu mahsulotlarimiz ham aynan shakarsiz, tabiiy va vitaminlarga boy hisoblanadi.



Ro'yxatga qaytish