Вы участник?

Ovoz berish

Loyihalar

1818 Uyingiz faqat sizniki!


  • Nominatsiya:

    SMM. SMM-kampaniya

  • Brend

    PRODEZ

  • Agentlik

    SMMAK

Muammo

Hasharotlar va zararkunandalar (suvaraklar, o'rin kanasi va h.k) bilan bog'liq muammolarni hal qilish deyarli har doim ayollarning yelkasida turadi - bu juda adolatsizlik! Odamlar hasharotlar bilan bog'liq muammolarni maishiy do'konlardagi kukunlar va har xil preparatlar yordamida hal qilish mumkinligiga ishonishadi va ular bilan kurashish uchun ko'p vaqt, pul va kuch sarflashadi. O'rin kanalari va tarakanlarni yo'q qilish uchun ko'plab afsonalar va xalq odatlari mavjud - mebellarni tashlab yuborish, mebel va matraslarni yoqib yuborish, kapital ta'mirlash.


Yechim

Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun biz insaytlar to'pladik, iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rgandik va kampaniya uchun taniqli blogerni tanladik. Yig'ilgan ma'lumotlarga ko'ra, biz allaqachon PRODEZga murojaat qilgan ayol va o'zi hasharotlar bilan kurashayotgan ayolni ishdan keyin vaqtlarini qanday o'tkazishini noodatiy tarzda ko'rsatishga qaror qildik. Video blogerning sahifasida va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida targ‘ib qilindi.


Natija

Ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilar PRODEZ brendiga ko'proq e'tibor bera boshladilar, bizning videomizni 500 martadan ko'proq bo'lishishdi(repost) va 2 000 000 martadan ko'proq ko'rildi. 2022 yilda ushbu reklama kampaniyasi amalga oshirilgandan so'ng, o'rtacha oylik buyurtmalar soni oyiga 550 tagacha ko'tarildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatlar soni 25% gacha oshdi, tavsiyalar soni ham ortdi, bu esa savdo hajmining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.



Ro'yxatga qaytish